Zafarjon Sayfitdinovich Jalolov (1989-yil 25-iyul Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi Jalolov Zafarjon Sayfitdinovich 1989-yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2012-yil Toshkent davlat irrigatsiya va melioratsiya instituti tamomlagan. Ixtisosligi – suv xoʻjaligi va melioratsiya.

Mehnat faoliyatini 2012-yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani „Sariosiyo-Agro Savdo“ MCHJ muhandis-texnologi lavozimida boshlagan. 2014-2020-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Sariosiyo tumani Kengashi „Kamalak“ bolalar tashkiloti raisi, tuman Kengashi raisi lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Surxondaryo viloyati Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar