Tugunbuloq – hozirgi Oʻzbekiston hududining Baxmal tumanida joylashgan qadimgi shahar. Buyuk ipak yoʻli natijasida asos solingan. Shaharda V asrdan XI asrgacha aholi istiqomat qilgan. Toshbuloq qadimiy shahridan 3 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerdan murakkab dizayndagi turar-joylar topilgan. Maydoni 120 gektarni tashkil etgan.

Aholisi Shahar qish va bahor fasllari mobaynida qor bilan qoplangani bois, aholisi asosan temirchilik faoliyati bilan shugʻullangan. Shu bilan birgalikda, yoz oylarida shahar aholisi chorvachilik bilan ham shugʻullangan.

Kashf etilishi Tadqiqotchilar 2011-yilda Oʻzbekistonning janubi-sharqidagi togʻlarda izlanishlar olib borayotgan vaqtda qabristonni koʻrib qolishgan va bu yerda oʻrganishlar olib borgan. Shahardan qal’alarning qoldiqlari, binolar, hovlilar hamda mustahkam devorlarning ham qoldiqlari topilgan. 2022-yilda tadqiqotchilar „LIDAR“ nomli texnologiya yordamida shaharni xaritalashtirishgan. Hududning yuqorida joylashganiga sabab qilib, aholisiga temirni eritishda kerak boʻladigan olovlarni hosil qilishda yuqorida esadigan shamolning roli kattaligi koʻrsatiladi. Ikkinchi sabab sifatida esa togʻda oʻrmonlarning koʻpligi va temirni eritishda oʻtin kerakligi koʻrsatilgan. Shahardan tangalar topilishi esa Buyuk ipak yoʻlida muhim rol oʻynaganidan dalolat beradi.

Manbalar

Turkum:Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari Turkum:Zomin tumani Turkum:Oʻzbekiston tarixi