Tomsk politexnika universiteti – Rossiyadagi texnik universitet. 2013-yildagi Rossiyaning eng nufuzli universitetlari reytingida 5-100-oʻrinlarni qayd etgan. 2022-yilda Times Higher Education tomonidan tuzilgan World University Rankings reytingida 801-oʻrinni, 2023-yil U. S. News & World Report tomonidan tuzilgan reytingda 879-oʻrinni egallagan. Tarixi +Sobiq nomlari:

1896 Nikolay II nomidagi Tomsk texnologik instituti (TTI) 1917 Tomsk texnologik instituti (TTI) 1925 Jerjinskiy nomidagi Sibir texnologik instituti 1930 Sibir muhandislar instituti (SIME) 1934 Kirov nomidagi agrar universiteti 1944 Kirov nomidagi Tomsk Politexnika instituti (TPI) 1991 Tomsk politexnika universiteti

Nikolay II nomidagi Tomsk texnologik instituti thumb|200 px|"Sibirskaya jizn" gazetasi institutning ochilishi haqida, 1900-yil 1896-yilda Rossiya imperatori Nikolay II nomidagi Tomsk texnologik instituti sifatida tashkil etilgan. Bu vaqtda institutda 2 ta kafedra, mashinasozlik va kimyo muhandisligi mavjud boʻlgan. Rossiya davlat kengashi institut negizida 4 boʻlim (mashinasozlik, kimyo muhandisligi, konchilik va qurilish muhandisligi)dan iborat politexnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Universitetning hozirgi asosiy binosi 1897-1907 yillarda arxitektor Robert Marfeld loyihasiga asosan barpo etilgan.

Hukumat tomonidan institutning rektori sifatida faoliyat olib borish uchun Dmitriy Mendeleyev taklif qilinadi. Biroq olim sogʻligʻidagi muammolar sabab bu taklifnini rad etadi. 1899-yilda Mendeleyevning shogirdi Efim Zubashev institutning rektori lavozimiga tayinlanadi.

1917-yilgi inqilobdan soʻng 1925-yilda institut Jerjinskiy nomidagi Sibir texnologik instituti deb oʻzgartirildi. 1930-yilda institut quyidagi institutlarni oʻz ichiga olgan: Sibir geologiya-qidiruv instituti (Tomsk) Gʻarbiy Sibir mashinasozlik instituti (Tomsk); Sibir kimyo muhandislik instituti (Tomsk); Gʻarbiy Sibir konchilik instituti (Tomsk); Gʻarbiy Sibir qishloq xoʻjaligi muhandislik instituti (Novosibirsk); Sibir temir yoʻl transporti muhandislari instituti Sibir geologiya-qidiruv instituti (Tomsk)

1935-yil 5-martda SSSR Butunittifoq Markaziy ijroiya qoʻmitasi qaroriga binoan institutga Sergey Kirov nomi berildi. 1940-yilda institut „Mehnat qizil bayroq“ ordeni bilan taqdirlandi. 1941-49 1941-45-yillarda institutning amaliy mashgʻulotlari Tomskdagi evakuatsiya qilingan sanoat korxonalariga qaratilgan edi. 1944-yilda institut Kirov nomidagi Tomsk politexnika instituti deb oʻzgartirildi. 1957-yilda Kirov nomidagi Tomsk politexnika instituti qoshida amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. 1959-yilda instituning fizika-muhandislik fakultetining kechki taʼlim boʻlimi ochildi. 1960-2019 1962-yilda institut radiotexnika fakulteti negizida Tomsk radioelektronika va elektron texnologiyalar instituti tashkil etildi. 1971-yilda Tomsk politexnika instituti „Oktyabr inqilobi“ ordeni bilan taqdirlandi. 1981-yilda institut huzurida kibernetika ilmiy oʻquv markazi tashkil qilingan. 1991-yil 18-oktyabrda RSFSR Vazirlar kengashi tomonidan „Tomsk politexnika institutini Tomsk politexnika universiteti sifatida qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. 2020-hozirgacha Universitetning sobiq rektori Dmitriy Andreevich Sednev 2022-yil mart oyida Yevropa universitetlar assotsiatsiyasi tomonidan lavozimidan ozod etilgan. Institutning Yevropa universitetlar assotsiatsiyasi tashkilotiga aʼzolik maqomi olib tashlangan. Reytinglardagi oʻrni +ReytinglarRossiyadaYevropadaJahondaYilWorld University Rankings8012022U. S. News & World Report8792023University Ranking by Academic Performance (URAP)86220202020-yilda Rossiyaning eng nufuzli 100 universiteti (Forbes)72020QS World University Rankings501-5502014Rossiya72013Classbase165101,3792013Web of World Universities122013SCImago191422,4212012 Galereya

Manbalar

Turkum:Tomsk viloyatidagi universitetlar Turkum:Tomsk politexnika universiteti Turkum:Rossiyadagi milliy tadqiqot universitetlari