Clément Philibert Léo Delibes (; 1836.21.2, Sen-Jermen dyu-Val — 1891.16.1, Parij) — fransuz kompozitori, balet janri isloqotchisi. Parij konservatoriyasida taʼlim olgan (1848—53) va shu yerda professor (1881 y.dan). Fransiya instituti (akademiyasi)ning aʼzosi (1884 y.dan). Uning "Jilgʻa" (Minkus bilan hamkorlikda, 1866), "Koppeliya" (1870), "Silviya" (1876) baletlarida sahnaviy raqs dramatik teatrga xos vositalari bilan toʻldirildi, musiqa uslubi simfonizm tamoyillari bilan boyidi. Hajviy "Qirol shunday degan" va lirik-dramatik "Lakme" (1883) operalari dunyo teatrlarida muntazam ijro etiladi. D.ning "Lakme" va "Koppeliya" asarlari Navoiy teatriaya 1947 y.dan beri sahnalashtirilmoqda.
Manbalar
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Klassik musiqa Turkum:Bastakorlar