Alain Fabien Maurice Marcel Delon (Alen Delon 1935-yil 11-avgust, vafoti 2024-yil 18-avgust) — fransuz aktyori, prodyuseri va biznesmeni.
Dastlab unga shuhrat keltirgan film „Yarqiragan quyoshda“gi Tom Rishli roli boʻldi. „Rokko va uning aka-ukalari“, „Oyning tutilishi“, „Qoplon“, „Samuray“, „Qora lolalar“, „Trotskiyning oʻldirilishi“, „Mesye Klyayn“ kabi filmlardagi oʻz qahramonlari orqali munofiq insonlarning oʻziga xos psixologiyasini, moddiy va maʼnaviy konfliktlarni mohirona ochib berdi. Oʻzining kelishgan tashqi koʻrinishi, ijrosidagi plastiklik, joʻshqinlik sargu-zasht va detektiv filmlarda, shuningdek, oʻzi ekranlashtirgan „Politsiyachi terisi uchun“, „Boʻysunmas“ filmlarida yaqqol koʻzga tashlandi.Delonning oxirgi ijro etgan rollaridan biri „Asteriks va Obeliks:Olimpiada oʻyinlarida“ filmidagi Sezar obrazidir.
Manbaalar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
„The perils of trans-national stardom: Alain Delon in Hollywood cinema“ by Ginette Vincendeau
Turkum:Fransiyalik erkak aktyorlar