Sakrovchilar (Hoppers) — 2026-yilda suratga olingan Amerika animatsion ilmiy-fantastik komediya filmi bo‘lib, Pixar Animation Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan.

Film rejissyori Daniel Chong, ssenariy muallifi esa Jesse Andrews hisoblanadi.

Filmda hayvonlarni sevuvchi kollej talabasi Mabel Tanaka yangi texnologiya yordamida o‘z ongini robot qunduz tanasiga ko‘chirib, hayvonlar bilan muloqot qilishga urinadi va ularning yashash hududini saqlab qolishga harakat qiladi.

Film 2026-yil 23-fevralda Los-Anjelesdagi El Capitan Theatre’da ilk bor namoyish etilgan va 6-mart kuni AQSh kinoteatrlarida chiqarilgan.

Film kinoteatrlardan tashqari onlayn platformalarda ham tarqatilgan bo‘lib, Kinoxit saytida Sakrovchilar nomi bilan taqdim etilgan va uning davomiyligi taxminan 1 soat 45 daqiqa deb ko‘rsatilgan.

Syujet Mabel Tanaka bolaligidan tabiatga mehr qo‘ygan va buvisi bilan o‘rmon hududida vaqt o‘tkazgan. Keyinchalik shahar hokimi Jerry Generazzo bu hudud o‘rniga avtomagistral qurishni rejalashtiradi.

Mabel bunga qarshi chiqadi, ammo yetarli qo‘llov topa olmaydi. U biologiya laboratoriyasida yaratilgan “Hoppers” texnologiyasini topadi va robot qunduz tanasiga o‘tadi.

Shu orqali u hayvonlar dunyosiga kirib boradi va ularning yashash joylari xavf ostida ekanini tushunadi. Mabel hayvonlar bilan aloqa o‘rnatib, ularni himoya qilishga harakat qiladi, ammo bu jarayon kutilmagan ziddiyatlarga olib keladi.

Oxir-oqibat u vaziyatni hal qilishga muvaffaq bo‘ladi va tabiatni saqlab qolish uchun muhim qarorlar qabul qilinadi.

Ovoz beruvchilar Piper Curda — Mabel Tanaka Bobby Moynihan — King George Jon Hamm — Jerry Generazzo Kathy Najimy — Dr. Sam Fairfax Dave Franco — Titus Meryl Streep — Insect Queen

Ishlab chiqarish Film ustida ish 2020-yilda Daniel Chong Pixar’ga qaytgach boshlangan.

Loyiha 2024-yilda D23 tadbirida rasmiy e’lon qilingan.

Qabul Film tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan va tomoshabinlar tomonidan ham yaxshi qabul qilingan.

Film kassada ham muvaffaqiyat qozonib, 355 million dollar daromad qilgan.

Manbalar