TU 142 samolyot muzeyi — saqlab qolingan Tupolev Tu-142MK-E samalyoti boʻlib, Hindistonning Andhra-Pradesh shtatidagi Vishakxapatnam shahrida joylashgan. Vizag shahri turizmini rivojlantirish loyihasi doirasida barpo etilgan bu muzeyni 2017-yil dekabr oyida Hindiston prezidenti Ram Nath Kovind rasmiy ravishda ochib bergan.

Samolyot Ushbu samolyot Hindiston dengiz floti tarkibida 29 yil xizmat qilgan va 2017-yil 29-martda zaxiraga chiqarilgunga qadar 30 000 soat davomida birorta ham halokatsiz parvozlarni amalga oshirgan. Samolyot oʻsha kuni Arakkonamdagi INS Rajalida xizmatdan ozod etilgan.

Samolyot muzeyi Andhra-Pradesh hukumati samolyotni muzey sifatida saqlab qolish haqida qaror qabul qildi. Loyiha qiymati qariyb 14 kron rupiyani tashkil etib, uni moliyalashtirishni Andhra-Pradesh turizmni rivojlantirish korporatsiyasi amalga oshirgan.

Manbalar

Turkum:Hindistondagi muzeylar