Oʻdamali — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Gʻallakon mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomi etnonim asosida shakllangan. Manbalarga ko‘ra, qirq qabilasi tarkibida oʻdamali, yuz qabilasi tarkibida esa oʻtamayli urugʻi mavjud bo‘lganDoniyorov X. Oʻzbek xalqining etnik tarkibi. 1968..

Rus olimi M. M. Virskiy qirq qabilasi vakillari yashaydigan hududlar haqida yozar ekan, qirqlarning qoraqoʻyli urugʻi tarkibida oʻdamali shoxasi mavjudligini qayd etganVirskiy M. M. Etnograficheskiye issledovaniya Sredney Azii. 1971..

Ayrim tadqiqotchilar etnonimning qadimiy shakli oʻtamayli yoki oʻtamoyli bo‘lgan deb hisoblaydilar. Qishloq nomi ham shu hududda yashagan aholi etnik tarkibi asosida shakllangan bo‘lib, etnonim oykonimga aylangan.

Manbalar

Turkum:Baxmal tumani Turkum:Aholi punktlari