Olmazor — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Gulbuloq mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomi hududda olma daraxtlari ko‘pligi bilan bog‘liq. Atrofdagi hududlarga nisbatan bu yerda olma daraxtlari ko‘proq ekilganligi sababli aholi punkti Olmazor deb nomlangan.

Tarkibida -zor qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan toponimlar odatda maʼlum bir o‘simlik ko‘p o‘sadigan joyni bildiradi. Bu kabi joy nomlarining ayrimlari XX asrning 90-yillaridan so‘ng, mustaqillik davrida shakllangan maʼmuriy toponimlar hisoblanadiNafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009..

Manbalar