HueningKai (Korean: 휴닝카이; 2002-yil 14-avgustda tugʻilgan), Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifidir. U 2019-yilda Big Hit Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyalik yigitlar guruhi Tomorrow X Together aʼzosi hisoblanadi.

Hayoti va karyerasi Hueningkai 2002-yil 14-avgustda AQSHning Hawaii shahrida tugʻilgan. Toʻliq ismi Kai Kamal Huening. U aralash millat vakili boʻlib, onasi koreyalik, otasi esa Braziliyada tugʻilgan nemis-amerikalikdir. Kai oiladagi ikkinchi farzand hisoblanadi. Hawaiida tugʻilganiga qaramay, otasining kasbi tufayli u bolaligining katta qismini Xitoyda oʻtkazgan. Oila u yerda 7 yil yashab, keyinchalik Janubiy Koreyaga koʻchib oʻtishgan.

Hueningkai dastlab Lila Art High Schoolda tahsil olgan, keyinroq esa guruhdoshlari Beomgyu va Taehyun ham oʻqigan Hanlim Arts High Schoolga koʻchgan. 2021-yil 9-fevralda Hueningkai Hanlim Arts High Schoolni tamomlagani rasman eʼlon qilindi.

2019-yildan hozirgacha 2019-yil 15-yanvarda Hueningkai Tomorrow X Together guruhining uchinchi aʼzosi sifatida tanishtirildi. U guruhning eng yosh aʼzosi hisoblanadi.

Guruh 2019-yil 4-mart kuni The Dream Chapter: STAR nomli ilk mini-albomi bilan debyut qildi. Ushbu albom Gaon Album Chart va Billboard World Albums Chart reytinglarida birinchi oʻringa koʻtarilgan.

Hueningkai TXTning birinchi toʻliq albomi – The Dream Chapter: MAGIC tarkibidagi Roller Coaster qoʻshigʻining yozilishi va bastalanishida ishtirok etdi. Shu orqali u Korean Music Copyright Association (KOMCA)da roʻyxatdan oʻtgan eng yosh K-pop idoli sifatida tarixga kirdi.

Boshlovchilik faoliyati 2021-yil 4-yanvarda Hueningkai va uning guruhdoshi Taehyun EBS Radioning „Listen“ dasturiga boshlovchilik qilishi eʼlon qilindi. Ular 2021-yil 10-yanvardan 2-maygacha ushbu dasturni olib bordilar.

Manbalar

14-avgustda tugʻulganlar | kpop