Hirot jangi 1270-yil 22-iyulda Hulokuiylar davlati qoʻshinlari (rahbari Abaqaxon) bilan bostirib kirgan Chig‘atoy ulusi kuchlari (rahbari Baroqxon) oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Ushbu jang parchalanib ketgan Moʻgʻullar imperiyasi doirasidagi markaziy hokimiyat kurashining choʻqqisi boʻldi. Tuluiylar inqilobi va vorislik inqirozidan keyin sobiq ittifoqchilar hamda raqobatchi uluslar ustunlik uchun kurash olib borayotgan edi. Chigʻatoy qoʻshinlari Xurosonda dastlabki muvaffaqiyatlarga erishgan boʻlsalar-da, Hirotda Abaqaxondan yirik magʻlubiyatga uchradi. Shundan soʻng Abaqaxon javob tariqasida Buxoroga yurish qildi. Biroq, keyinchalik ortga chekinib, Hulokuiylar bilan Chigʻatoylar oʻrtasidagi chegarani mustahkamladi. Tarixiy sharoit Moʻgʻullar imperiyasiga 1206-yilda Chingizxon asos solgan boʻlib, tez orada Osiyo, Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropaning ulkan hududlarini qamrab olgan tarixdagi eng yirik tutash quruqlik imperiyasiga aylandi. Imperiya uning avlodlari boshqargan yarim mustaqil uluslarga boʻlingan edi. Ular orasida Oʻqtoylilar, Chigʻatoylar va Tuluiylar sulolalari bor edi. 1250-yillarda Munke boshchiligida va Oltin Oʻrda hukmdori Botu koʻmagida yuz bergan Tuluiylar inqilobi imperiya ichidagi hokimiyat muvozanatini tubdan oʻzgartirdi. Oʻqtoylilar ustunligiga barham berilib, Tuluiylar sulolasi yetakchi mavqega koʻtarildi. Moʻgʻullarning harbiy muvaffaqiyati harakatchan otliq qoʻshinlar, murakkab kompozit kamonchilar, lamellyar zirhlar, intizomli saf tuzilmalari, rivojlangan aloqa tizimlari, qamal muhandislari, porox qurollari va psixologik urush usullariga tayanar edi. Bu omillar koʻp millatli imperiyani samarali boshqarish imkonini bergan. Mojaroning kelib chiqishi Mojaroning kelib chiqishi 1251-yildagi Tuluiylar inqilobiga borib taqaladi. Ushbu voqea natijasida Munke Buyuk xon (qagan) etib saylandi va bu bilan Oʻqtoyxon avlodlari amalda siyosiy maydondan chetlashtirildi. Bu jarayon Oʻqtoylilar bilan ittifoqda boʻlgan Chigʻatoylar mavqeini ham zaiflashtirdi hamda Oʻqtoy ulusining parchalanishiga zamin yaratdi. Munke hokimiyatga kelishini qoʻllab-quvvatlagan Oltin Oʻrdaning Joʻjiylari esa Chigʻatoylarning zaiflashuvidan foydalanib, Movarounnahr va Gʻarbiy Turkiston ustidan nazoratni qoʻlga oldilar.
1259-yilda Munke vafotidan soʻng, imperiya uning aka-ukalari Xubilayxon va Ariq Buke oʻrtasidagi fuqarolar urushiga, yaʼni Tuluiylar fuqarolar urushiga tortildi. Bu holat imperiyani yanada zaiflashtirdi va Chigʻatoylar hamda Oʻqtoylilar kabi mintaqaviy kuchlarga mustaqilligini qayta tiklash imkonini berdi. Chigʻatoylar xoni Algu Oltin Oʻrdaning Hulokuiylar davlati bilan bandligidan foydalanib, ilgari yoʻqotilgan Chigʻatoy hududlarini, jumladan Samarqand va Buxoroni qayta egalladi. Baroqxon va Kayduning yuksalishi 1265 yoki 1266-yilda Algu vafotidan soʻng, Chigʻatoy shahzodasi Baroqxon Markaziy Osiyodagi eng qudratli hukmdorga aylandi. Dastlab Baroqxon Xubilayxon bilan ittifoqda boʻlib, unga Chigʻatoy ulusi boshqaruvi berilgan edi. Biroq, keyinchalik oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Uning hokimiyatga kelishi Oʻqtoyxonning nabirasi Kayduning siyosiy maydonga qayta chiqishi bilan bir davrga toʻgʻri keldi. Kaydu Oʻqtoy ulusini tiklashga hamda Markaziy Osiyoda ustunlik uchun ham Xubilay, ham Chigʻatoylarga qarshi kurashishga harakat qildi.
thumb|300px|Movarounnahr xaritasi|alt=Map of the region and principal localities of Transoxiana Baroqxon va Kaydu oʻrtasida bir necha janglar boʻlib oʻtdi. Bu kurashlarda Kayduga Oltin Oʻrda yordam koʻrsatdi. Bir qator toʻqnashuvlardan soʻng, jumladan Xo‘jand yaqinida Baroqxonning toʻliq magʻlubiyati bilan yakunlangan jangdan keyin, tomonlar vaqtinchalik tinchlik kelishuviga erishdilar. 1269-yilda ular Talas shahrida qurultoy chaqirdilar. Kaydu va Baroq Chingizxon avlodlari sifatidagi umumiy nasabiga tayangan holda kelishuvga erishdilar. Baroq Chigʻatoylar yer va resurslardan oʻz ulushini olishga haqli ekanini ilgari surdi. Natijada, Movarounnahrning daromadlari ikki qism Baroqqa, bir qism esa Kayduga va Munke Temurga taqsimlandi. Shahzodalar shaharlarda emas, balki togʻ va dashtlarda istiqomat qilishga, aholi zimmasiga ortiqcha yuk solmaslikka hamda chorva mollarini ekin maydonlarida boqmaslikka kelishib oldilar. Mahmud Yalavochning oʻgʻli Mas’ud Beg oʻtroq hududlarni tiklash maqsadida u yerlarning boshqaruviga tayinlandi. Mavsumiy yaylovlar Baroq qoʻshiniga berildi, Kaydu va Baroq esa Samarqand va Buxorodagi harbiy qismlar hamda qurol ishlab chiqaruvchi ustaxonalarni oʻzaro boʻlib oldilar. Shartnomaga koʻra, Kaydu Buxoro yaqinida qoʻshin joylashtirdi. Bu goʻyoki jang maydonidagi gʻalabasi evaziga va Baroqning oldinga siljishini toʻsish maqsadida amalga oshirilgan edi.
Baroq oʻziga ajratilgan hudud ulushidan norozi boʻlib, Kayduning taʼsiri sabab sharq yoki shimolga kengaya olmasdi. Shu bois eʼtiborini gʻarbga qaratdi. Hulokuiylar davlati tasarrufida boʻlgan hamda Abaqaxon boshqarayotgan Xurosonga yurish qilishni Kayduga taklif qildi. Baroq bu yurishni Hulokuiylar mazkur yerlarni meros huquqi bilan emas, balki zabt etish yoʻli bilan egallaganini asos qilib, oqlashga urindi. Kaydu esa bundan Baroqni ham, Hulokuiylarni ham zaiflashtirish imkoniyati sifatida foyda koʻrdi va natija qanday boʻlishidan qatʼi nazar, oʻz mavqeini mustahkamlashiga xizmat qiladi, deb hisoblab, yurishni qoʻllab-quvvatladi. Baroqning Xurosonga yurishi Baroq 1268-yilda Masʼud Yalavochni goʻyoki diplomatik elchi sifatida Hulokuiylar davlatiga yubordi, ammo asl maqsad razvedka maʼlumotlarini toʻplash edi. Shu bilan birga, Chigʻatoy shahzodasi Tegüder bilan muzokara olib borib, qoʻllab-quvvatlashi evaziga unga Xuroson va Mozandaron ustidan hukmronlik vaʼda qildi. Tegüderning ruxsatsiz ravishda Baraq tomoniga oʻtib ketishga uringani va qoʻzgʻolon koʻtarishga harakat qilgani fosh etilgach, Abaqaxon uni jazolash maqsadida Tegüderning mulki joylashgan Gruziyaga yurish boshladi. Abaqa Baroq javob chorasi koʻrishga ulgurmasidan avval Tegüderni magʻlub etib, asir oldi.
Baroqning yurishi Afgʻonistonni egallashdan boshlandi. Bu viloyatga bobosi Mutukanning 1221-yilda Bomiyon qamali chogʻida halok boʻlgani sababli daʼvo qilardi. Dastlab Hirot atrofida muvaffaqiyat qozonib, Abaqaning ukasi va Xuroson hokimi Tübshinni magʻlub etdi. 1270-yil mayida Baraq viloyatning katta qismini egallab, tarixiy fors shahri Nishopurni talon-toroj qildi hamda Hirot hukmdori va Hulokuiylar vassali Shamsiddin Kartni boʻysunishga va xiroj toʻlashga majbur etdi.
Baroq Balx va Hirot oraligʻidagi Maruchaq tomon yurdi va u yerda Tübshin hamda Xuroson hokimi Argʻun Aqa bilan toʻqnashdi. Qisqa jangdan soʻng Hulokuiylar qoʻshini magʻlubiyatga uchradi. Tübshin vaziyat haqida Abaqaxonga xabar berish uchun Mozandaronga chekinadi. Biroq, bu gʻalabadan keyin Baroq qoʻshini ichida ichki kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Kayduning kontingentiga mansub qoʻmondon Qipchaq Baroqning sarkardasi Jaloyirtoy bilan janjallashib, buni chekinish uchun bahona qildi. Uni toʻxtatish boʻyicha barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi va Qipchaq Kaydu huzuriga qaytib ketdi. Bu orada ittifoqchi qoʻshin safida tezkor tarqoqlik boshlanayotgan edi. Shuningdek, Güyükxonning nabirasi Chabat ham bahona topib qoʻshindan ajraldi. Biroq, chekinish chogʻida Baroqning oʻgʻli bilan boʻlgan toʻqnashuvda qoʻshinining katta qismini yoʻqotdi.
Baroq qoʻshinlari jang maydonini tark etayotganidan shikoyat qilib, Kayduga murojaat qildi. Biroq, Kaydu uning noroziligiga eʼtibor bermadi va aksincha, Qipchoqning qaytganini Abaqaxonga maʼlum qildi. Bu esa diplomatik vaziyatning oʻzgarishiga olib keldi. Abaqa va Kaydu ittifoq tuzib, bir-birini „oʻrtogʻ“ (ittifoqchi, doʻst) deb atay boshladilar. Kayduning qoʻshini safdan chiqib ketishi Baroq kuchlarini zaiflashtirdi hamda Abaqaga qarshi hujumga tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt berdi. Abaqaning Hirotga yurishi thumb|right|Abaqaxon|alt=A miniature depicting a crowned man riding a horse Abaqaxon Chigʻatoylar bosqiniga qarshi keng koʻlamli tayyorgarlik koʻrdi. Bosh vaziriga oʻq-yoy, kamon va nayza kabi qurollar tayyorlashni buyurdi hamda sarkardalariga asosiy va yordamchi qoʻshinlarni safarbar etish toʻgʻrisida farmon berdi. Shuningdek, Oltin Oʻrda chegarasida chegara qoʻmondoni boʻlib turgan ukasi Yoshmutni 10 ming askar bilan qoʻshilishga chaqirdi. Hulokuiylar saroy tarixchisi Vassafning yozishicha, Yoshmut Tübshinga yordam berish asnosida avvalroq Baroq qoʻshini bilan bir necha bor toʻqnashgan va sezilarli talafot koʻrgan edi. Abaqa 1270-yil 27-aprelda Ozarbayjondan yoʻlga chiqib, Mugʻon, Ardabil va Sharuyaz orqali shimoli-gʻarbga yurdi. Yoʻl-yoʻlakay ilgari Baroq tomonidan asir olingan, biroq qochishga muvaffaq boʻlgan Xubilayxon elchisiga duch keldi. Elchi Baroq qoʻshinlari tez-tez mast holda boʻlishini va ularning otlari yomon ahvolda ekanini maʼlum qildi. Bu xabar Abaqani ruhlantirib, yurishni davom ettirdi.
Uning qoʻshini Ray va Qum orqali yurib, u yerda Tübshin hamda Argʻun Aqa kuchlari, shuningdek Kirmon va Yazddan kelgan qoʻshimcha qoʻshinlarga qoʻshildi. Hirot yaqinida ularga Hulokuiylarga vassallik qilgan Gruziya qoʻshini ham kelib qoʻshildi. Yurish davomida Abaqaxon oʻzining qoʻshin tarkibida ekanini qatʼiy sir tutdi. Chunki Chigʻatoylar suiqasd uyushtirishidan xavotirda edi. Harakatlari haqida maʼlumot oshkor qilgan har qanday shaxsni qatl etishni buyurib, maxfiylikni taʼminladi. Bu choralar samara berib, Baroq jang arafasigacha Abaqaning yaqinlashib kelayotganidan bexabar qoldi. Jang Mugʻondan 55 kunlik yurishdan soʻng, Abaqaning qoʻshinlari Baroq lashkaridan atigi besh kunlik masofada edi. Maxfiylikni saqlash uchun Abaqaxon askarlariga oʻt yoqmaslik maqsadida oldindan pishirilgan oziq-ovqat olib yurishni buyurdi. Bundan tashqari, otliq qoʻshinining 10 foizi, taxminan 5 ming kishi, jumladan qirol David boshchiligidagi gruzin yordamchi kuchlari, Abatay va Shiktur qoʻmondonligida oldinga yuborildi. Ularga Chigʻatoylar harakatini kuzatish va uchragan har qanday Chigʻatoy askarini yoʻq qilish topshirildi. Ular Baroqning avangardiga duch kelgunlariga qadar shunday qildilar va tongdagi kutilmagan hujumda uni tor-mor etdilar. Qaytib kelgan razvedka kuchlari Baroqning asosiy qoʻshini atigi bir kunlik masofada ekanini xabar qildi. Shundan soʻng Abaqa qoʻshinini oʻng, chap va markaziy qanotlarga boʻldi hamda Tübshinni Baroqning avangard qoʻmondoni Margʻavulga qarshi Chagʻcharon yaqiniga, Hirot daryosi boʻyiga yubordi. Tübshin Margʻavulning 3 ming kishilik qoʻshinini magʻlub etib, Xurosondan talon-toroj qilingan oʻljalarni qaytarib oldi. Biroq, Margʻavul qochishga muvaffaq boʻldi va vaziyat haqida Baroqni ogohlantirdi. Shundan soʻng Baroq qoʻshinini orqaga tortdi. thumb|300px|Dushmanlarni quvib borayotgan otliq jangchilar tasviri. Rashiduddinning Jome at-tavorix asaridan olingan illyustratsiya. |alt=Mounted archers pursue mounted warriors.
Abaqa Hirot tomon yurarkan, Baroq tinchlik muzokaralariga rozi boʻlmaydi, deb hisoblab, sarkardalariga jang maydoni tanlashni buyurdi. Shu orada uning qoʻshini Baroq yuborgan josuslarni qoʻlga oldi. Abaqa ularni darhol qatl etmay, ulardan aldov maqsadida foydalandi. Ishonchli askarlaridan biriga goʻyoki Oltin Oʻrda Hulokuiylar yerlariga bostirib kirgani va shu sababli ortga chekinishini eʼlon qilayotgani haqidagi „xabar“ni oshkora ayttirdi. Ikki josus tez orada qatl qilindi, uchinchisiga esa ataylab qochishga imkon berildi. Bundan ushbu josus yolgʻon maʼlumotni Baroq tomoniga yetkazishi maqsad qilingan edi. Shundan soʻng Abaqa qoʻshinini oldindan belgilangan jang maydoni Jina (Xonbeh) tekisligiga koʻchirdi. Ayni paytda Baroq Abaqaning chekingani haqidagi xabarni oldi va hujum qilish maqsadida oldinga siljidi. Mamluk manbalariga koʻra, bu yolgʻon maʼlumot Baroq qoʻshinidan ajralib, Abaqa tomoniga oʻtgan bir kishi tomonidan ham tarqatilgan. U shaxs Abaqaga bashorat orqali gʻalaba vaʼda qilib, yolgʻon chekinish haqidagi xabarni yoyishni taklif qilgan. Abaqa unga mukofot berib, aynan shu maʼlumotni tarqatishni buyurdi va shu tariqa Baroqni jangga undagan.