Cemalnur Sargut (1952-yil 3-noyabrda tugʻilgan) – turk soʻfiy, Rifoʼiy tariqati rahbari, yozuvchi va islom olimi.

Hayoti Cemalnur Sargut 1952-yil 3-noyabrda Istanbulda Meshkure Sargut va Omer Faruk Sargut oilasida tugʻilgan. Sargutning onasi turk soʻfiy piri Kenan Rifaiyning shogirdi edi. U Kadikoy qizlar oʻrta maktabida oʻqigan va Istanbuldagi Milliy arxitektura va muhandislik akademiyasida kimyo muhandisligi boʻyicha tahsil olgan. Yoshligida Sargut soʻfiy orifi va yozuvchi Samiha Ayverdiyning shogirdi boʻlgan. U yigirma yil davomida kimyo oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

Sargut, garchi u bilan shaxsan uchrashmagan boʻlsa-da, Kenan Rifoiy ijodi boʻyicha olim hisoblanadi. U Ibn Arabiy, Misriy Niyoziy, Abu Bakr ash-Shibliy, Sadriddin Qunaviy, Abd al-Karim al-Jiliy, Ahmad ar-Rifoiy va Rumiy asarlarini oʻrgangan. Sargut diniy yetakchi sifatida faol boʻlib, televideniyega chiqadi va Turkiya radiosida efirga uzatiladigan vaʼzlarni qiladi. Uning suhbatlari shogirdlari tomonidan toʻplangan va 2012-yilda Nefes nashriyoti tomonidan Dinle (Tingla) nomi bilan chop etilgan. Bu asar ingliz tiliga tarjima qilinib, Fons Vitae nashriyoti tomonidan Beauty and Light: Mystical Discourses by a Contemporary Female Sufi Master (Goʻzallik va nur: zamonaviy ayol soʻfiy ustozining maʼrifiy suhbatlari) nomi bilan nashr etilgan.

Sargut Turkiya Ayollar Madaniyat Assotsiatsiyasi (TÜRKKAD)ning Istanbul boʻlimi rahbaridir, mazkur tashkilot turk madaniyatini, anʼanaviy turk sanʼat shakllarini targʻib qiladi va kam taʼminlangan talabalarga taʼlim boʻyicha yordam koʻrsatadi. TÜRKKAD 1966-yilda Samiha Ayverdiy tomonidan islomiy tashkilotlar, maktablar va xonaqohlarga davlat tomonidan bosim kuchayishi natijasida nodavlat notijorat tashkilotlar jonlanishi davrida tashkil etilgan. Turkiyada tasavvuf tariqatlari va amaliyotlari 1925-yilda Otaturkchilik mafkurasi doirasida taqiqlanib, soʻfiylar yashirin faoliyat yuritishga majbur boʻlgan.

Sargut islom va tasavvuf haqida oʻnlab kitoblar muallifidir. U va uning tashkiloti 2009-yilda Shimoliy Karolina universitetida Kenan Rifoiy nomidagi Islom tadqiqotlari professurasini taʼsis etishdi. Shuningdek, ular Pekin universitetida (Pekin, Xitoy) kafedra homiyligiga ham hissa qoʻshganlar. Ular Kioto universiteti qoshida Kenan Rifoiy tasavvuf tadqiqotlari markazini tashkil etishda yordam berganlar.

Asarlari

Mulk surasi Allohimga safarga chiqdim Kenan Rifoiy bilan ishqqa sayohat Tingla Ishqdan tingla Ey inson (Yosin surasi sharhi) Baqara (Baqara surasi ilk 10 oyatning sharhi) Baqara II (Baqara surasi 11–29 oraligʻidagi oyatlarning sharhi) Baqara III (Insoni komilning haqiqat i) Hazrati Odam (Fususu-l-hikam sharhi) Hazrati Shis (Fususu-l-hikam sharhi) Hazrati Nuh (Fususu-l-hikam sharhi) Hazrati Idris (Fususu-l-hikam sharhi) Samiha Ayverdi bilan sirga sayohat Paygʻambarga suyuk boʻlgan ayol Kaʼbaning haqiqat i Usmonli sultonlarida Paygʻambar muhabbati Jon-u jondir Hazrati Ahmad Muhammad Mustafo Hazrati Maryam – yaratilish siri (Maryam surasi 1–15 oraligʻidagi oyatlarning sharhi) Suhbatlar Oyat al-Kursiy Paygʻambar muhabbati Yaratilish siri

Ingliz tilidagi asarlari

Beauty and Light: Mystical Discourses by a Contemporary Female Sufi Master, tarjimondlar: Canguzel Zulfikar, Omer Cholaqogʻlu va Nazli Kayahan, tahrirchi: Tehseen Thaver O Humankind: Surah Ya-Sin, tarjima qilgan Viktoriya Rouv Holbruk

Manbalar

Havolalar

Cemalnur.org (turk tilida)

Turkum:Soʻfiy olimlar Turkum:Islom boʻyicha ayol olimlar Turkum:Turk musulmonlar Turkum:Turk soʻfiylar Turkum:Islom dinida yetakchi ayollar Turkum:Istanbullik yozuvchilar Turkum:Islom boʻyicha turk olimlar Turkum:Tasavvuf ustozlari Turkum:Ayol soʻfiy oriflar Turkum:Soʻfiy oriflar Turkum:Ibn Arabiy tadqiqotchilari Turkum:Rumiy tadqiqotchilari Turkum:21-asr turk ayol yozuvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1953-yilda tugʻilganlar