Oysha Odilshoh Kadın (– „tirik“ yoki „ayollarga xos“, „shohning adolati“; -yilda tugʻilgan – 1803-yil 19-dekabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Mustafo III ning rafiqasi.

Hayoti Kelib chiqishi cherkas boʻlgan Odilshoh xotun Qora dengiz qullar savdosi orqali sulton Mustafo III ning joriyasi va xotiniga aylangan. Shundan soʻng unga „Uchinchi rafiqa“ unvoni berilgan. 1766-yil 13-yanvarda Odilshoh Topkapı saroyida qizi Beyhan Sultonni dunyoga keltirgan. Ikki yildan soʻng, 1768-yil 14-iyunda yana shu saroyda ikkinchi farzandi, qizi Hadicha Sulton tugʻilgan.

Sulton Mustafo III 1774-yilda vafot etganidan keyin Odilshoh va uning qizlari Eski saroyga joylashgan. Yakkalanib qolgan muhit tufayli ikkala qizida ham tushkunlik, xavotir va boshqa tashvishli xatti-harakatlar alomatlari paydo boʻlgan. Shunda Odilshoh sulton Mustafo III ning oʻgay ukasi sulton Abdülhamid I ga qizlarining turmushga chiqishiga ruxsat berishini soʻrab xat yozgan. Bu ularga saroydagi „qamoqdan“ chiqish imkonini berar edi. Sulton uning iltimosini maʼqullagan va ikki malika uchun munosib kuyovlar topgan.

Odilshoh vafot etganidan keyin qizi Beyhan Sulton onasining xotirasiga bagʻishlab Hadicha Sulton saroyi roʻparasi, Yeşilioğlu saroyi yaqinida bir maktab qurdirgan. 1805-yilda Hadicha Sulton opasiga bagʻishlab uning xotirasiga Odilshoh Qadin masjidini qurdirgan.

Vafoti Odilshoh Kadın 1803-yil 19-dekabrda Ramazon oyida vafot etgan va Istanbuldagi Laleli masjidi Mustafo III maqbarasiga dafn qilinggan.

Farzandlari Sulton Mustafo III va Odilshoh Kadınning 2 qizi boʻlgan: Beyhan Sulton (1766-yil 13-yanvarda Topkapı saroyida tugʻilgan – 1824-yil 7-noyabrda Istanbulda vafot etgan va Eyüpdagi Mihrişah Sulton maqbarasiga dafn qilingan) turmushga chiqib, oʻzidan zurriyot qoldirgan. Hadicha Sulton (1768-yil 14-iyunda Topkapı saroyida tugʻilgan – 1822-yil 17-iyulda Istanbulda vafot etgan va Eyüpdagi Mihrişah Sulton maqbarasiga dafn qilingan), turmushga chiqib, oʻzidan zurriyot qoldirgan.

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining rafiqalari roʻyxati Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1740-yillarda tug‘ilganlar Turkum:1803-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:18-asrda Usmoniylar imperiyasidagi qullar Turkum:Usmoniylar sultonlarining joriyalari