Oğuz Aydın (2000-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) – professional futbolchi boʻlib, „Fenerbahçe“ klubi safida qanot hujumchisi sifatida toʻp suradi. U Niderlandiyada Redur Kaya nomi bilan tugʻilgan boʻlib, xalqaro miqyosda Turkiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klublardagi karyerasi Yoshlik yillari Aydın futbolchilik faoliyatini 2011-yilda „AZ Alkmaar“ klubida boshlagan, 2016-yilda esa Turkiyaga koʻchib oʻtgan. U 2016–2017-yilgi mavsumdan 2018-yil yanvariga qadar „Bucaspor“ akademiyasida toʻp surgan.

2018-yil yanvar oyida Aydın „Bucaspor“ safida professional faoliyatini boshlagan va 2019-yil 7-avgust kuni „Bucaspor 1928“ klubiga koʻchib oʻtgan. 2019–2020-yilgi mavsumning birinchi yarmida u „Karacabey Belediyespor“ jamoasida ijara asosida oʻynagan, mavsumning ikkinchi yarmida esa yana „Bucaspor 1928“ safiga qaytgan.

Ikkinchi mavsumida Aydın „Bucaspor 1928“ tarkibida koʻp qirrali futbolchi sifatida namoyon boʻlib, asosiy tarkibda turli pozitsiyalarda, asosan ikkala qanot hujumchisi sifatida harakat qilgan. U mavsumni barcha musobaqalarda 11 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan yakunlagan.

Alanyaspor 2021-yil 24-iyun kuni futbolchining „Alanyaspor“ klubiga transferi eʼlon qilingan. Aydın ushbu jamoa bilan besh yillik shartnoma imzolagan. 2021-yil 18-oktyabr kuni u „Kayserispor“ga qarshi Turkiya Superligasi doirasidagi 6:3 hisobi bilan yakunlangan uchrashuvda klub safidagi professional debyutini amalga oshirgan.

U klub safida uch mavsum davomida barcha musobaqalarda 77 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol muallifi boʻlgan hamda muvaffaqiyatli oʻyinlari orqali milliy terma jamoaga ham chaqiruv olgan.

Fenerbahçe 2024-yil 16-iyul kuni Aydın «Fenerbahçe» klubiga to‘rt yillik shartnoma asosida transfer qilingan. U 2024-yil 6-avgust kuni Fransiyada bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar Ligasi 2024–2025-yilgi mavsumi uchinchi saralash bosqichida «Lille»ga qarshi 1:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda qit’a miqyosidagi musobaqalaridagi debyutini amalga oshirgan.

2024-yil 10-avgust kuni Aydın «Şükrü Saraçoğlu» stadionida «Adana Demirspor»ga qarshi 1:0 hisobida yakunlangan uy uchrashuvida Turkiya Superligasidagi ilk o‘yinini o‘tkazgan.

2024-yil 23-noyabr kuni safardagi «Kayserispor»ga qarshi bahsda Aydın ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushib, atigi 11 daqiqa ichida 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Oradan bir hafta o‘tib, 2024-yil 2-dekabr kuni u «Gaziantep FK»ga qarshi Superliga uchrashuvining 2-daqiqasidayoq gol urib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan.

2025-yil 5-fevral kuni Aydın Turkiya Kubogi doirasida «Erzurumspor»ga qarshi o‘yinda 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan hamda 78-, 81- va 89-daqiqalarda uchta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Manbalar

Turkum:Gaagada tugʻilganlar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:AZ Alkmaar futbolchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari