Bucaspor 1928 – Turkiyaning futbol klubi boʻlib, İzmir shahrining Buca tumanida joylashgan. Jamoa Turkiya futbol tizimining uchinchi divizioni hisoblangan TFF Ikkinchi Ligasida ishtirok etadi.
Tarixi „Bucaspor 1928“ klubi 2011-yilda „İzmir İl Özel İdarespor“ nomi ostida tashkil etilgan. 2013–2014-yilgi mavsum arafasida klub nomi „Tire 1922 Spor“ga oʻzgartirilgan. 2019-yilda Cihan Aktaş klub aksiyalarini sotib olib, uning nomini „Buca Futbol Kulübü“ etib oʻzgartirgan. Biroq ushbu nom Turkiya Futbol Federatsiyasi (TFF) tomonidan tasdiqlanmagan. Natijada klub „Ci Group Buca“ nomi bilan faoliyatini davom ettirgan. 2020-yil fevral oyida klub nomi „1928 Bucaspor“ etib oʻzgartirilgan boʻlsa, 2021-yil may oyidan boshlab hozirgi „Bucaspor 1928“ nomini qabul qilgan. Shuningdek, klub „Bucaspor“ logotipidan foydalanish huquqini ham qoʻlga kiritganCi Group Bucaʼnın adı 1928 Bucaspor olarak değiştirildi Fanatik , 21 February 2020. Retrieved 20 February 2022.Bucaspor 1928’de arma değişti Yeni Asır , 8 May 2021. Retrieved 20 February 2022..
Stadioni 8 810 tomoshabinga moʻljallangan „Yeni Buca“ klubning uy stadioni hisoblanadi. Klub 2019-yilda Buca tumaniga koʻchib kelguniga qadar İzmir viloyatining Tire shahrida avval „Tire 4 Eylül“ stadionida, undan keyib esa „Tire Arena“ stadionida uy uchrashuvlarini oʻtkazganTire Arena Stadyumu.
Hozirgi tarkibi
Manbalar
Turkum:Turkiya futbol klublari Turkum:2011-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari