Hu Bo (, 1988-yil 20-iyul – 2017-yil 12-oktyabr) — xitoylik yozuvchi, ssenariychi va rejissyor. Adabiyotda Hu Qian () taxallusi ostida ijod qilgan. Hu Bo oʻzining yagona badiiy filmi „An Elephant Sitting Still“ (2018) orqali mashhurlikka erishgan boʻlib, filmni suratga olish ishlarining tugatgandan soʻng oʻz joniga qasd qilgan.
Hayoti Hu Bo 1988-yil 20-iyulda Shandun provinsiyasining Szinan shahrida tugʻilgan, 2014-yilda Pekin kino akademiyasini tamomlagan. Oʻsha yili rejissyor oʻzining birinchi qisqa metrajli filmi „Distant Father“ bilan Xitoyning IV „Oltin Koala“ kinofestivalida „Eng yaxshi rejissyor“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
2016-yil iyul oyida Hu Bo oʻzining „Huge Crack“ romani asosida „An Elephant Sitting Still“ badiiy filmini suratga olishni boshladi. Filmning birinchi versiyasini qisqartirishni soʻrashganidan soʻng (film ikki yarim soat davom etgan), rejissyor filmning toʻrt soatlik yangi versiyasini yaratadi va filmni tugatgandan soʻng, 29 yoshida oʻz joniga qasd qilgan. Xabarlarga koʻra, oʻz joniga qasd qilishiga prodyuser bilan orasidagi mojaro sabab boʻlgan.
Romanlari
Huge Crack (大裂) (2017) Bullfrog (牛蛙) (2017) Farewell to the Faraway (远处的拉莫) (2018)
Filmografiyasi
„To Cordoba“ (short, 2011) „Milk Stealer“ (short, 2012) „Distant Father“ (short, 2014) „Night Runner“ (short, 2014) „Man in the Well“ (short, 2017) An Elephant Sitting Still (2018)
Mukofotlari 2014-yil – IV „Oltin Koala“ kinofestivali: Eng yaxshi rejissyor (Distant Father) 2018-yil – 55-Golden Horse Awards: Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy (An Elephant Sitting Still) Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:12-oktyabrda vafot etganlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:20-iyulda tugʻilganlar