„False Alarm“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd ijrosidagi qoʻshiq boʻlib, uning uchinchi studiyaviy albomi – Starboy (2016) dan oʻrin olgan. Qoʻshiq 2016-yil 29-sentabrda albomning ikkinchi singli sifatida XO va Republic Records leybllari orqali chiqarilgan. Qoʻshiq muallifligi va produserligi The Weeknd, Doc McKinney, Cirkut hamda Mano tomonidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari, qoʻshiq yozilishida Belly va Ben Billions ham qatnashgan.
Tarixi va chiqarilishi Qoʻshiq Starboy albomining iTunes’da oldindan buyurtmalari ochilgach, uning uchinchi treki ekani oshkor boʻldi. Shuningdek, u 2016-yil 29-sentabrda albomning ikkinchi singli sifatida chiqarilgan.
Kompozitsiyasi „False Alarm“ 3 daqiqa 50 soniya davom etadi va tanqidchilar tomonidan dance-punk hamda elektrorok janrlariga mansub qoʻshiq sifatida tasvirlangan. Qoʻshiq matni giyohvandlik, romantik boʻlmagan munosabatlar va moddiychilik atrofida aylanadi.
Musiqiy klipi Qoʻshiqning videoklipi 2016-yil 13-oktabrda taqdim etilgan va Ilya Naishuller tomonidan suratga olingan. Unda bankdagi oʻgʻrilik voqeasi jinoyatchilardan birining nuqtayi nazaridan koʻrsatiladi. Videodagi ochiq zoʻravonlik sahnalari tufayli boshida ogohlantiruvchi yozuv qoʻyilgan boʻlib, unda videoda nojoʻya sahnalar mavjudligi sababli tomoshabinlardan ehtiyotkorlik soʻraladi. Videoklip shuningdek, barchasi bitta kadrda suratga olingandek koʻrinadigan tarzda ishlangan.
Syujeti Video bank talonchiligi allaqachon boshlangan holatda boshlanadi. Bosh qahramon (The Weeknd), qizil niqobli (Randy Irwin), sariq niqobli (Sam Hale), oq niqobli (Damion Poitier) va qora niqobli talonchi uchta sumkaga pul solayotgan boʻladi, shu paytda tashqarida politsiya yetib keladi. Guruh orqa chiqish eshigi orqali qochishga harakat qiladi va bu orada yosh ayol (Kristine Froseth) ni garovga oladi. Ular pul va garovdagi ayolni furgonga yuklaydilar, biroq qora, oq va sariq niqob taqqan talonchilar politsiya tomonidan oʻldiriladi.
Yana bir furgon yetib keladi va omon qolgan talonchilar unga chiqishni va pul solingan sumkalarni ikkinchi mashinaga otishni boshlaydilar. Birinchi sumka furgonga tushadi, ammo ikkinchi sumka tushib qoladi. Bosh qahramon soʻnggi sumkani emas, garovdagi ayolni yangi furgonga uloqtirishni tanlaydi va keyin oʻzi unga chiqadi. Bu holat qizil niqobli talonchini gʻazablantiradi. Birinchi furgon toʻxtab turgan mashinaga urilib portlab ketadi, haydovchi esa ikkinchi furgonga chiqishga ulgurmagan boʻladi. Shundan soʻng, qizil niqobli talonchi bosh qahramonni oʻldirmoqchi boʻladi, biroq garovdagi ayol uning qurolini olib, uni otib qoʻyadi. Bosh qahramon ham yana bir oʻq otib uni oʻldiradi. Biroq oʻq tasodifan haydovchini ham oʻldiradi. Haydovchisiz qolgan furgon qarama-qarshi yoʻldan kelayotgan yuk mashinasi bilan toʻqnashib, jarlikka tushadi. Bosh qahramon garovdagi ayolni tanasi bilan himoya qiladi.
Avtohalokatdan soʻng garovdagi ayol ham, bosh qahramon ham omon qoladi, biroq yirik shisha boʻlagi bosh qahramonning qorniga sanchiladi. Ogʻir jarohat olgan bosh qahramon garovdagi ayolning pul solingan sumkani olib, uni tashlab ketishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Politsiya voqea joyiga yaqinlashar, sirenalar tovushi esa tobora kuchayib borar ekan, bosh qahramon oynaga qaraydi va uning aslida The Weeknd ekani oshkor boʻladi. The Weeknd qurolni oʻziga qaratadi va oʻz joniga qasd qiladi. Ekran qora tusga kiradi.
Jonli ijrosi The Weeknd „False Alarm“ qoʻshigʻini 2016-yil 1-oktabrda boʻlib oʻtgan Saturday Night Live dasturining 42-mavsum ilk sonida ijro etgan.
Boshqa OAVda foydalanilishi „False Alarm“ 2016-yilgi WWE Survivor Series turnirining rasmiy qoʻshigʻi boʻlgan.
Chartlar Chart (2016)Eng yuqorioʻrin (ARIA)72 Urban (ARIA)9Heatseekers (Recorded Music NZ)1
Sertifikatsiya + „False Alarm“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarQoʻshma Shtatlar (RIAA)Platina1,000,000Avstraliya (ARIA)Platina70,000Birlashgan Qirollik (BPI)Kumush200,000Braziliya (Pro-Música Brasil)Platina60,000Kanada (Music Canada)Platina80,000Yangi Zelandiya (RMNZ)Oltin15,000
Chiqarilish tarixi HududSanaFormatLeybl(lar)ManGlobal2016-yil 29-sentabrraqamli yuklab olish
Manbalar
Turkum:2016-yil qoʻshiqlari Turkum:2016-yil singllari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Republic Records singllari Turkum:XO (yozuv leybli) singllari