Yevropa Yoshlar Poytaxti (qisqacha YYP) – bu har yili Yevropa Yoshlar Forumi tomonidan biror Yevropa shahriga beriladigan unvon boʻlib, u yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning ishtirokini kuchaytirish va yoshlarga oid madaniy, ijtimoiy, siyosiy hamda iqtisodiy hayot va rivojlanishga qaratilgan loyihalar orqali Yevropa identifikatsiyasini mustahkamlash maqsadida taqdim etiladi. Yevropa Yoshlar Poytaxti Yevropa Yoshlar Forumi tashabbusi boʻlib, unvon bir yil muddatga beriladi. Birinchi yoshlar poytaxti 2009-yilda tanlangan. 2014-yildan boshlab Yevropa Kengashining Mahalliy va Mintaqaviy Hokimiyatlar Kongressi Yevropa Yoshlar Poytaxti unvonining rasmiy hamkoriga aylangan. 2025-yil uchun amaldagi yoshlar poytaxti – Lvov, Ukraina.
Maqsadlar
Yevropa Yoshlar Poytaxti yoshlar oʻrtasida Yevropa ichidagi hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qiladi. Bu tashabbusning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, u tanlangan shahardagi yoshlarning kundalik hayotini faqatgina bayramlar davomida emas, balki uzoq muddatli istiqbolda ham yaxshilashga qaratilgan. Bundan tashqari, har bir yoshlar poytaxti uchun tuziladigan rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida yoshlarning ishtirok etishi Yevropa Yoshlar Poytaxti tashabbusi tomonidan ragʻbatlantiriladi. Yoshlarning xabardor boʻlishi, jamiyatda faol ishtirok etishi va ular uchun yaxshiroq kelajak imkoniyatlarini yaratish ham Yevropa Yoshlar Poytaxti tashabbusining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Yevropa Yoshlar Poytaxti deb eʼlon qilinishining qoʻshimcha afzalliklaridan baʼzilariga turizmning rivojlanishi va xalqaro nufuzning oshishi kiradi.
Poytaxtlar(2009-2026)
2009 yildan beri quyidagi shaharlar Yevropa Yoshlar Poytaxti boʻlgan:http://www.europeanyouthcapital.org/yfj/varna-bulgaria-awarded-european-youth-capital-2017/ Varna (Bulgaria) awarded European Youth Capital 2017, 20 November 2014
+Yevropa Yoshlar Poytaxti Yil Shahar Mamlakat Izoh 2009 Rotterdam 2010 Turin 2011 Antverpen 2012 Braga 2013 Maribor 2014 Saloniki Finalchilar: Ivanovo, Iraklion Boshqa nomzodlar: Barselona, Konya, Perm, Trabzon 2015 Kluj-Napoka Finalchilar: Ivanovo, Vilnyus, Varna Boshqa nomzodlar: Katovitse, La-Laguna, Badaxos, Ganja, Letche, Perm 2016 Ganja Boshqa nomzodlar: Varna, Vilnyus, La-Laguna, Badaxos 2017 Varna Boshqa nomzodlar: Kashkaysh, Golvey, Nyukasl, Peruja 2018 Kashkaysh Boshqa nomzodlar: Kechkemet, Manchaster, Novi-sad, Peruja 2019 Novi-sad Boshqa nomzodlar: Amiens, Derri/Straban, Golvey, Manchaster, Peruja 2020 Amiens Boshqa nomzodlar: Kishinyov, Klaypeda, Timishoare, Villach 2021 Klaypeda Boshqa nomzodlar: Kishinyov, Nikosiya, Varajdin, Yaroslavl 2022 Tirana Boshqa nomzodlar: Baya-Mare, Qozon, Poznan, Varajdin 2023 Lyublin Boshqa nomzodlar: Baya-Mare, Qozon, Izmir, Lvov, Poznan 2024 Gent Boshqa nomzodlar: Kishinyov, Lvov, Vesprem 2025 Lvov Boshqa nomzodlar: Fuenlabrada, Izmir, Tromso 2026 Tromso Boshqa nomzodlar: Izmir, Malaga, Sarayevo, Vila do Kondi 2027 Parma Boshqa nomzodlar: Kishinyov, Fuenlabrada, Malaga, Skopye
Manbalar
Tashqi havolalar
Braga – 2012-yilgi Yevropa Yoshlar Poytaxti Saloniki – 2014-yilgi Yevropa Yoshlar Poytaxti Klaipėda – 2021-yilgi Yevropa Yoshlar Poytaxti