Bolalar radiosi – bu atama bolalar uchun maxsus yaratilgan radio eshittirishlar va formatlarni anglatadi. U ilk bor 1920-yillarda, radioeshittirishlarning paydo boʻlish davridayoq mavjud boʻlgan, va hozirgi kunda ham, avvalgidek keng tarqalgan boʻlmasa-da, hali ham mavjud.

Tarixi Dastlabki bolalar radio eshittirishlari 1921-yilda AQShda, 1922-yilda esa Buyuk Britaniyada efirga uzatilgan. Keyinchalik Norvegiya , Shvetsiya, Avstraliya va Yaponiya kabi boshqa davlatlar ham bu tajribani davom ettirgan.

Mamlakatlar boʻyicha AQSH

Amerikada bolalar uchun maxsus yozilgan ilk radio eshittirishlardan biri deb yozuvchi Josephine Lawrence tomonidan yaratilgan Man in the Moon hikoyalari hisoblanadiAustin C. Lescarboura, Radio for Everybody: What the Radio Telephone Service Means and How it Can Be Applied in the Home and Business. Scientific American 1922, p. 166.. Bu dastur ilk bor taxminan 1921-yil oktyabr oyida WJZ Newark radiostansiyasida (hozirgi nomi WABC) efirga uzatilganBen Gross, I Looked and I Listened. 1954. va William F. B. McNeary tomonidan aytilgan ertaklardan iborat boʻlgan. Ushbu dasturdan keyin turli „xolalar“ va „amaki“lar tomonidan olib borilgan shunga oʻxshash eshittirishlar toʻlqini paydo boʻldi. Ular odatda har kuni soat 17:00–18:00 oraligʻida yoki shanba tonglarida efirga uzatilganPat Browne,The guide to United States popular culture. Popular Press, 2001, p.611. . Ammo 1930-yillardan boshlab, asosiy eʼtibor sarguzasht janridagi seriallarga qaratildi. Masalan, Little Orphan Annie, Jack Armstrong, the All-American Boy va Captain Midnight kabi dasturlar juda mashhur boʻlgan. Shunga qaramay, Letʼs Pretend kabi ertak asosida sahnalashtirilgan eshittirishlar ham mashhurligicha qolgan.

Buyuk Britaniya

Cecil Lewis, L. Stanton Jefferies, Rex Palmer va Arthur Burrows 1922-yilda BBCda Childrenʼs Hour (Bolalar soati) nomli dasturga asos solishdi. U har kuni soat 17:00 dan 18:00 gacha efirga uzatilgan. Dastlab ushbu eshittirishlar tartibsiz tarzda olib borilgan boʻlsa-da, vaqt oʻtishi bilan u yanada tizimli va xilma-xil dasturlarni oʻz ichiga olgan keng qamrovli koʻrsatuvga aylandi. Ular orasida: sahna asarlari (eng mashhurlari: Toytown, Norman and Henry Bones, Jennings at School), Stephen King-Hall tomonidan oʻqilgan maʼruzalar, tabiat sirlari bilan tanishtiruvchi Zoo Man kabi koʻrsatuvlar mavjud edi. Baʼzan ushbu dasturlar ham turli „xolalar“ va „amaki“lar – eng mashhuri Derek McCulloch (yoki „Uncle Mac“) tomonidan olib borilgan. 1954-yilda musiqaga bagʻishlangan Childrenʼs Favourites nomli yangi dastur efirga uzatila boshlandi. 1964-yilda Frank Gillard Childrenʼs Hour dasturini yopib, uning oʻrniga Story Time (Hikoya vaqti) nomli eshittirishni yoʻlga qoʻydi. Bu dastur 1967-yilda yakunlandi. Shunga qaramay, Childrenʼs Favourites oʻz faoliyatini davom ettirib, 1970-1980-yillarda Junior Choice nomi bilan mashhurligini saqlab qoldi.

Manbalar

Havolalar