Agate Caune (lotincha talaffuzi: [ɑːgɑːtɛ saʊnɛ], „Ah-GAH-teh Sawn-eh“; 2004-yil 7-avgust, Latviya, Valmiera) – latviyalik yengil atletikachi. Bir necha bor Latviyaning milliy chempioni boʻlgan Caune 3000 metr masofaga yugurish boʻyicha mamlakat rekordchisi hisoblanadi. U 2022-yilda yilning eng yaxshi yulduzi va 20 yoshgacha boʻlgan ayollar orasida „Yilning eng yaxshi yengil atletikachisi“ unvonlariga sazovor boʻldi.
Faoliyati Caune 2019-yilda 1500 va 3000 metr masofalarga yugurish bahslarida Latviya U16 chempioni boʻlgan. U bosqichma-bosqich rivojlanib, 2020-yilda yopiq hamda ochiq inshootlardagi musobaqalarda 3000 metrga yugurish boʻyicha Latviya U18 chempioniga aylangan. 2021-yilgi Latviya U18 chempionatida esa 800 va 1500 metr masofalarda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shu yilning oʻzida u 5000 metrga yugurish boʻyicha ham ilk bor kattalar oʻrtasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan.
2021 Valmieralik Caune 2021-yilda Estoniyaning Tallinn shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa yengil atletika U20 chempionatida 5000 metr masofaga yugurishda kumush medalni qoʻlga kiritdi – u oʻshanda atigi 16 yoshda edi. Shundan soʻng, Keniya poytaxti Nayrobida tashkil etilgan Jahon yengil atletika U20 chempionatida 3000 metr masofaga yugurish bahslarida oltinchi oʻrinni egalladi.
2022 Caune 2022-yilda 5000 metr masofaga yugurishda ikkinchi bor Latviya chempioni boʻldi, shuningdek, 10 000 metr masofada ham milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi. Shu yil davomida u turli masofalar boʻyicha Latviya U20 chempioni deb topildi: yopiq inshootlarda 800 metr, yopiq va ochiq inshootlarda 1500 metr hamda ochiq inshootlarda 3000 metr masofalarda.
Kolumbiyaning Kali shahrida oʻtkazilgan 2022-yilgi Jahon yengil atletika U20 chempionatida u 3000 metr masofaga yugurish bahslarining finalida oltinchi oʻrinni egalladi, 5000 metr masofani esa 15 daqiqa 43,56 soniyada bosib oʻtib, toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2023-yilning may oyida Germaniyaning Karlsruhe shahrida u 5000 metr masofani 15 daqiqa 12,94 soniyada yugurib oʻtdi.
2024 Caune 2024-yilgi Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Latviya terma jamoasi tarkibida 5000 metr masofaga yugurish bahslarida ishtirok etish uchun tanlab olindi. U 2-avgust kuni boʻlib oʻtgan dastlabki saralash bosqichida qatnashdi. Ushbu bosqichda birinchi sakkizta sportchi keyingi bosqichga yoʻl oldi. Caune oʻz guruhida 16-oʻrinni (umumiy natijada 33-oʻrin) egallab, 5000 metr masofani 15 daqiqa 38,19 soniyada bosib oʻtdi.
Manbalar
Havolalar Agate Caune at World Athletics Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar