Dmitro Vasilovich Pavlichko (; 1929-yil 28-sentyabr, Stopchatov – 2023-yil 29-yanvar, Kiyev) – sovet va ukrain shoiri, tarjimon, adabiy tanqidchi, siyosatchi, diplomat. Ukraina Qahramoni (2004).
Shoir oʻzining ilk asari sifatida „Lyubov i nenavist“ (1953) sheʼrlar kitobi eʼlon qilgan. 1989-yildan keyin demokratik yoʻnalishdagi faol siyosiy arbob sifatida faoliyat yuritgan – Ukraina qayta qurish xalq harakati, Ukraina Demokratik partiyasi tashkilotchilaridan biri, Taras Shevchenko nomidagi Ukraina tili jamiyatining birinchi rahbari.
Hayoti 1929-yil 28-sentyabrda Stopchatov qishlogʻida (hozirgi Kosiv tumani, Ivano-Frankivsk viloyati, Ukraina) tugʻilgan.
1945-yilda Ukraina qoʻzgʻolonchilar armiyasi qurolli tuzilmalari tarkibida uch oy davomida jang qilgan. Yuzboshining buyrugʻi bilan qoʻzgʻolonchilar armiyasi safini tark etib, keyinchalik komsomolga qoʻshilganДмитро Павличко: «З УПА — в комсомол… Я писав комуністичні вірші дуже щиро» . — Еженедельник 2000, 7 февраля 2013 года..
1945—1946-yillarda Ukraina qoʻzgʻolonchilar armiyasida xizmat qilganlikda ayblanib, 8 oy qamoqda saqlangan. 1946-yilda tekshiruvdan oʻtkazilib, ozodlikka chiqarilgan.
1947-yilda Lvov universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirgan va uni 1953-yilda tugagan. U „Jovten“ („Oktyabr“) jurnalida sheʼriyat boʻlimiga rahbarlik qilgan.
Kiyevga koʻchib oʻtgach (1964) Ukraina Yozuvchilar uyushmasi kotibiyatida ishlagan. Oʻzining eʼtirof etishicha, asosiy siyosat aynan shu shaharda olib borilayotganini tushungani uchun Kiyevga koʻchib oʻtgan. Leninni, KPSS va kommunizmni madh etuvchi sheʼrlar yozgan. SSSR va Ukraina SSR Oliy Kengashlari deputati boʻlgan.
1954-yildan 1990-yilgacha KPSS aʼzosi. 1955-yildan LKSMU Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi.
1971—1978-yillarda „Vsesvit“ („Koinot)“ xorijiy adabiyotlar jurnalining bosh muharriri. 1-darajali davlat xizmatchisi (1994).
1995-yil 19-oktyabrdan 1998-yil 11-maygacha Ukrainaning Slovakiyadagi elchisi, 1999-yilning 26-fevralidan 2002-yilning 11-yanvarigacha esa Ukrainaning Polshadagi elchisi.
Oliy Radaning 1- (1990-1994), 3- (1998-1999), 4- (2005-2006) chaqiriqlari xalq deputati, Ukraina parlamentida millatchi yoki milliy-demokratik kuchlar vakili boʻlganНародні депутати України . — Сайт Верховной Рады..
2023-yil 29-yanvarda Kiyevda vafot etganПішов з життя Дмитро Павличко Парастас за Дмитром Павличком очолив митрополит УГКЦ Володимир Війтишин .
Oilasi
Ukasi Pyotr Xotini Bogdana Qizi Solomiya Pavlichko (1958—1999) – ukrainalik adabiyotshunos, adabiyot tarixchisi, tarjimon. Nabirasi Bogdana (1987-yilda tugʻilgan) Kuyovi Bogdan Kravchenko (1946-yilda tugʻilgan) Qizi Roksolana
Qarashlari Viktor Yanukovichning prezidentlik davrida u bir necha marta amaldagi Ukraina hukumatiga qarshi ommaviy itoatsizlik harakatlariga aholini jalb qilgan. Yanukovichning eng katta jinoyati sifatida Ukrainaning rusiyzabon hududlarida rus tilining maqomini oshiradigan til qonunini imzolashini koʻrsatgan. Pavlichko rus tilini „bosqinchilar tili“ deb bilgan va shunday boʻlib qoladigan til deb hisoblagan. Ukraina mojarosida DXR va LXRga qarshi fikrlarni bildirgan. Shuningdek, Ukraina Kommunistik partiyasini taqiqlash tarafdori boʻlgan. Bundan tashqari, Kiyev-Pechersk lavrasini Kiyev patriarxatiga topshirishga chaqirgan.
Mukofotlari
Lvov va Varshava universitetlarining faxriy doktori, Kiyev-Mogilyansk akademiyasining professori. Antonovich jamgʻarmasi mukofoti T. G. Shevchenko nomidagi Ukraina SSR Davlat mukofoti (1977) – „Lyubov i nenavist“ sheʼrlar kitobi uchun Xristo Botev nomidagi xalqaro mukofot (1986)
Davlat mukofotlari Ukraina Qahramoni unvoni (2004-yil 27-sentyabr) – ukrain adabiyotini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi, sheʼriy soʻzning eng yuksak namunalarini yaratganligi, hamda samarali davlat va siyosiy faoliyati uchunUkaz Prezidenta Ukraїni № 1140/2004 vіd 27 veresnya 2004 roku „Pro prisvoєnnya D.Pavlichku zvannya Geroy Ukraїni“. Ozodlik ordeni (2015-yil 22-yanvar) – Ukraina davlatining davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-maʼrifiy rivojlanishiga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi, koʻp yillik halol mehnati va yuksak kasbiy mahorati uchunUkaz Prezidenta Ukraїni № 27/2015 vіd 22 sіchnya 2015 roku "Pro vіdznachennya derjavnimi nagorodami Ukraїni z nagodi Dnya Sobornostі Ukraїni " . IV darajali knyaz Yaroslav Donishmand ordeni (2009-yil 25-sentyabr) – Ukraina xalqining adabiy merosini boyitishga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi, koʻp yillik samarali ijtimoiy-siyosiy faoliyati va tavalludining 80 yilligi munosabati bilanUkaz Prezidenta Ukraїni № 764/2009 vіd 25 veresnya 2009 roku „Pro nagorodjennya ordenom knyazya Yaroslava Mudrogo“. V darajali knyaz Yaroslav Donishmand ordeni (1999-yil 12-iyul) — diplomatik xizmatni rivojlantirishga, Ukrainaning xalqaro maydondagi obroʻsini oshirishga qoʻshgan salmoqli shaxsiy hissasi uchunUkaz Prezidenta Ukraїni № 818/99 vіd 12 lipnya 1999 roku „Pro nagorodjennya vіdznakami Prezidenta Ukraїni“ . III darajali „Xizmatlari uchun“ ordeni (1997-yil 27-iyun) – Ukraina Konstitutsiyasini ishlab chiqish, tayyorlash va qabul qilishga qoʻshgan shaxsiy hissasi, faol qonun ijodkorligi uchunUkaz Prezidenta Ukraїni № 586/97 vіd 27 chervnya 1997 roku „Pro vіdznachennya narodnix deputatіv Ukraїni“. Polsha Uygʻonish ordeni (2014, Polsha) Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni (2001, Polsha) Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni (1993, Polsha) Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1960-yil 24-noyabr) Xalqlar doʻstligi ordeni (1979-yil 28-sentyabr) Hurmat belgisi ordeni (1967-yil 28-oktyabr) „Ukraina mustaqilligining 25 yilligi“ yubiley medali (2016-yil 19-avgust) — mustaqil Ukrainani barpo etish, uning suverenitetini mustahkamlash va xalqaro obroʻsini mustahkamlashdagi katta shaxsiy xizmatlari, davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy rivojlanishga qoʻshgan salmoqli hissasi, faol ijtimoiy-siyosiy faoliyati, Ukraina xalqiga vijdonan va benuqson xizmati uchun.
Tarjimonlik faoliyati Ukrainadagi eng yirik tarjimonlardan biri. Uning tarjimalari orasida Dante, Petrarka, Ronsard, Shekspir, Kamoes, Gyote, Geyne, Bodler, Ibsen, Dario, Xose Marti, Rilke, Lorka, Valyexo, Staffa, Nezval, Xristo Botev va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari bor boʻlgan.
Filmografiyasi
1960 – Roman i Francheska – qoʻshiq matni muallifi 1964 – Son – ssenariynavis 1967 – Kiyevskie melodii – qoʻshiq matni muallifi 1971 – Zaxar Berkut – ssenariynavis 1979 – Zolotorogiy olen (multiplikatsiya) 2001 – hyornaya rada – qoʻshiq matni muallifi
Manbalar
Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:5-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Sovet tarjimonlari Turkum:Alifbo boʻyicha tarjimonlar Turkum:Sovet shoirlari Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Kiyevda vafot etganlar Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:29-yanvarda vafot etganlar Turkum:1929-yilda tugʻilganlar Turkum:28-sentyabrda tugʻilganlar