„La Fama“ – ispan qoʻshiqchisi Rosalía tomonidan yozilgan qoʻshiq boʻlib, unda kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd ham ishtirok etgan. Qoʻshiq 2021-yil 11-noyabrda Columbia Records orqali Rosalíaning uchinchi studiyaviy albomi – Motomami (2022) uchun bosh singl sifatida chiqarilgan. Trekni yozish va ishlab chiqarish jarayonida ijrochilar, shuningdek, El Guincho, Frank Dukes, Noah Goldstein, Sir Dylan, Sky Rompiendo va Tainy ishtirok etishgan.
„La Fama“ – bu oʻrtacha tezlikdagi, gitarasiz bachata qoʻshigʻi boʻlib, unda elektropop va eksperimental musiqaning elementlari mavjud. Qoʻshiqning soʻzlarida Rosalía shuhratning oʻziga xos jozibasi, shuningdek, uning sayozliklari va boʻshliqlarini tasvirlaydi. Qoʻshiq musiqiy tanqidchilardan ijobiy sharhlar bilan kutib olindi, ular bachata qoʻshigʻining oʻziga xos akustik gitarasiz ijro etishdek murakkab usulni yuqori baholadilar. 23-Latin Grammy Awardsda „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. Qoʻshiqning musiqiy klipi, Director X tomonidan suratga olingan va Robert Rodriguezning From Dusk till Dawn filmidan ilhomlangan boʻlib, qoʻshiq bilan bir kunda chiqarilgan.
„La Fama“ tijoriy jihatidan Ispaniyada PROMUSICAE chartida birinchi oʻrinda debyut qildi va Rosalía vatanida yettinchi marta, The Weeknd esa birinchi marta yetakchi oʻrinni egalladi. Qoʻshiq boshqa joylarda: Belgiya, Fransiya, Meksika, Bolgariya, Panama, Salvador va AQShning Hot Latin Songs chartlarida birinchi oʻnlikka kirdi. Shuningdek, Billboard Hot 100 va Global 200 chartlarida ham joy olib, mos ravishda 94- va 34-oʻrinlarni egalladi.
Tarixi 2021-yilning 2-noyabrida, ikkinchi studiyaviy albomi – El Mal Querer (2018) chiqqanining uch yilligi munosabati bilan, Rosalía oʻzining uchinchi studiyaviy albomi – Motomami 2022-yilda chiqishini eʼlon qildi. Oldinroq, oktyabr oyida, Meksikada boʻlib oʻtgan uchrashuvda, Rosalía Motomami albomining yetakchi singli noyabr oyida chiqarilishini aytgan. Oʻsha oyda, shuningdek, TikTok sahifasiga chiqarilmagan qoʻshiqning bir qismini joylashtirdi.
2021-yilning 8-noyabrida Buenos-Ayresda „La Fama“ nomli singl haqida maʼlumot berilgan bir nechta reklama eʼlonlari paydo boʻldi. Shuningdek, qoʻshiqda The Weekndning ishtirok etishi va 11-noyabrda chiqarilishi eʼlon qilingan. Shu kuni keyinroq, Rosalía qoʻshiq klipi uchun treylerni taqdim etdi. Bu Rosalía va The Weekndning 2019-yilgi „Blinding Lights“ singlining remiks variantidan keyingi ikkinchi hamkorligi boʻldi.
Kompozitsiyasi „La Fama“ – elektropop elementlariga ega oʻrtacha tempdagi bachata qoʻshigʻi. Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida Rosalía shunday dedi: „Men oʻz uslubimda, ambitsiya haqidagi kichik bir hikoyali bachata yozishni xohladim. Vazifa shundayki, men gitara ishlatmasdan bachata qoʻshigʻini yozishim kerak edi va buni men ovozimni kesib chiqqan holda amalga oshirdim. Rubén Blades yoki Patti Smithning soʻzlaridan hamda Aventura guruhining qoʻshiqlaridan ilhomlanib, oxir-oqibat, shuhrat bilan bogʻliq bir sevgi hikoyasini yozdim“. U, shuningdek, Apple Music 1 dagi Zane Lowe bilan suhbatda, bachata qoʻshigʻi yozishni maqsad qilganidan soʻng, Romeo Santos qoʻshiqchiga murojaat qilib, unga kengaytirilgan pleylist yuborganini aytib oʻtdi. „La Fama“ qoʻshigʻining yaratilishi 2018-yilda boshlangan va u dastlab faqat Rosalía uchun yozilgan edi. Biroq, The Weeknd qoʻshiqqa 2020 yilning boshlarida, „Blinding Lights“ remiksi yozilishidan oldin qoʻshildi.
Musiqiy klip „La Fama“ qoʻshigʻining musiqiy videosiga Rosalía va J Balvinning „Con Altura“ qoʻshigʻi videoklipini suratga olgan Director X rejissyorlik qilgan boʻlib, 2021-yil 11-noyabrda qoʻshiq bilan birga taqdim etilgan. Video Kaliforniyadaning Tujunga hududidagi Aurora Banquet Hallda suratga olingan va unda aktyor Danny Trejo kameo tarzda koʻrinish beradi. Video 1996-yilgi From Dusk till Dawn nomli kult-horror filmdan ilhomlangan. Videodagi tipografiya esa 1996-yilgi Scream nomli slasher filmida ishlatilgan.
Videoda Rosalía, Trejo tomonidan tanishtiriladi va xira yoritilgan tungi klubda chiqish qilishni boshlaydi. U tomoshabinlar orasiga tushadi va The Weekndning yolgʻiz oʻtirgan holda uning chiqishini tomosha qilayotganini koʻrib qoladi. U The Weekndni sahnaga chiqishga undaydi va ular quchoqlashishadi, soʻng Rosalía berkitilgan pichogʻini unga sanchadi. The Weeknd jon berayotgan bir paytda u chiqishini davom ettiradi. Yakunda tomoshabinlar qarsak chalishadi, kadr ortida esa Trejoning „Tilaklaringga ehtiyot boʻl“ degani eshitiladi.
Mukofotlar +„La Fama“ning mukofot va nominatsiyalari roʻyxatiYilTashkilotNominatsiyaNatija2022Heat Latin Music AwardsBest Music Video Latin Grammy AwardsRecord of the Year LOS40 Music AwardsBest Spanish Song Best Collaboration MTV Millennial AwardsShip of the Year MTV Video Music AwardsBest Collaboration NRJ Music AwardsInternational Collaboration of the Year Premios JuventudOMG Collaboration Premios OdeónSong of the Year Best Pop Song Premios Tu Música UrbanoBest Crossover Song Video of the Year 2023Latin American Music AwardsCollaboration Crossover of the Year 2023Premio Lo NuestroCollaboration Crossover of the Year
Jamoa Motomami albomining bukletidagi maʼlumotlarga asoslangan.
Nashr
Nashr etilgan: Songs of Universal, Inc. tomonidan, oʻz nomidan va La Guantera Publishing (BMI) nomidan / KMR Music Royalties (Kobalt Songs Music Publishing tomonidan boshqariladi) (ASCAP) / Noah Goldstein Music (ASCAP) / EMI April Music Inc. (ASCAP), oʻz nomidan, shuningdek EMI Music Publishing Ltd. va Nylan King Music Ltd. (PRS) nomidan / Sony/ATV Discos Music Publishing LLC (ASCAP) / EMI Blackwood Music Inc. (BMI) / WC Music Cop. (ASCAP), Warner/Chappell Music Spain S. A. va RICO Publishing nomidan / Sony/ATV Ballad (BMI). Yozib olingan: David Rodríguez, Tyler Murphy va Shin Kamiyama. Miksing: Manny Marroquín; California, West Hollywooddagi Larrabee Studioda. Mastering: Chris Gehringer; New Jersey, Edgewaterdagi Sterling Soundda.
Ishlab chiquvchilar jamoasi
Rosalía Vila – prodyuser, soʻz muallifi, bastakor, vokal prodyuseri; vokallar, vokallar aranjirovkasi. The Weeknd – prodyuser, bastakor; vokallar Dylan Patrice – prodyuser, bastakor, vokal prodyuseri; vokallar aranjirovkasi, bass, sintezator Noah Goldstein – prodyuser, bastakor, vokal prodyuseri; vokallar aranjirovkasi Frank Dukes – prodyuser, bastakor; sintezator, vokallar aranjirovkasi El Guincho – prodyuser, bastakor; baraban, sintezator Roland García – additional production; baraban, zarbli cholgʻular Tainy – prodyuser; bass Sky Rompiendo – prodyuser Caroline Shaw – vokallar aranjirovkasi Jean Rodríguez – vokal prodyuseri LA Session Singers: xor, fon vokali
Texnik jamoa
Manny Marroquin – miksing Zach Peraya – yordamchi miksing muhandisi Jeremie Inhaber – yordamchi miksing muhandisi Anthony Vilchis – yordamchi miksing muhandisi Chris Gehringer – mastering
Chartlar
Haftalik chartlar + „La Fama“ning haftalik chartlardagi oʻrni Chart (2021–2022) Eng yuqorioʻrin (PROPHON) 6 (National-Report)28 (IFPI) 31 (IRMA) 73 (National-Report)56 (AGATA) 45 (Billboard) 19 (Billboard Mexican Airplay) 2 (Monitor Latino) 7 (UNIMPRO) 49 (ASAP EGC) 10 Hot Singles (RMNZ) 30 Heatseeker (Sverigetopplistan) 16
Yil yakuniga koʻra chartlar + „La Fama“ning 2021-yil yakuniga koʻra chartlardagi oʻrni Chart (2021) Oʻrin (PROMUSICAE) 98 + „La Fama“ning 2022-yil yakuniga koʻra chartlardagi oʻrni Chart (2022) Oʻrin (Ultratop Flanders) 150 (Ultratop Wallonia) 9 (SNEP) 11 Global Excl. US (Billboard) 160 (Schweizer Hitparade) 55
Sertifikatsiya + „La Fama“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarBraziliya (Pro-Música Brasil)Oltin20,000Kanada (Music Canada)Oltin40,000Fransiya (SNEP)Olmos333,333Italiya (FIMI)Platina100,000Meksika (AMPROFON)Platina140,000Portugaliya (AFP)Platina10,000Ispaniya (PROMUSICAE)5× Platina300,000Shveysariya (IFPI Switzerland)Platina20,000Qoʻshma Shtatlar (RIAA)Platina1,000,000StrimingChile (Profovi)Oltin10,285,250
Chiqarilish tarixi +„La Fama“ning chiqarilish tarixi va formatlariHududSanaFormatLeyblHar xil2021-yil 11-noyabrColumbiaItaliya2021-yil 19-noyabrContemporary hit radioSony
Manbalar
Turkum:2021-yil qoʻshiqlari Turkum:2021-yil singllari Turkum:Rosalía qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar