right|thumb| „Konotop jodugari“ spektaklining ijodiy jamoasi (Tetyana Ovsiychuk, Susanna Karpenko, Ivan Urivskiy) va Yevgen Nishchuk Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy mukofoti topshirilishi marosimida (2024-yil mart) Tetyana Ovsiychuk (; 1995-yil 27-iyun) – ukrainalik postanovkachi rassom.
Hayoti Ovsiiyhuk 1995-yil 27-iyunda Rovno viloyati Ostrox shahrida tugʻilgan.
2022-yilda Milliy tasviriy sanʼat va arxitektura akademiyasini (Ukrainada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Andriy Oleksandrovich-Dochyovskiy va Sergiy Masloboishchikov studiyasi) tamomlagan. Rassom hozirda Kievda yashaydi. „Konotop jodugari“ spektakli uchun qilgan dekoratsiya ishlari oʻz navbatida uning magistrlik dissertatsiyasi ishi ham boʻlgan. Spektakldagi kelin-kuyov liboslarini buvasi va buvisining kelin-kuyovlik libosida tushgan fotosurati orqali yaratgan.
2021-yildan Ivan Franko nomidagi Milliy akademik drama teatrida postanovkachi rassom.
Spektakllar uchun quyidagi ishlarni amalga oshirgan: X. Kvitka-Osnovianenkoning „Konotop jodugari“ (2023, dekoratsiya va kostyumlar dizayneri); I. Karpenko-Kariyning „Isteʼdodsiz“ (2021, postanovkachi rassom); A. Kamyuning „Kaligula“, B. Brextning „Toʻxtatilishi mumkin boʻlgan Arturo Uining faoliyati“ (ikkalasi 2022), F. Shillerning „Mariya Styuart“ (2024, liboslar dizayneri). Mukofotlari Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy mukofoti (2024-yil 5-mart) — Ivan Franko nomidagi Milliy akademik drama teatrida Grigoriy Kvitka-Osnovianenko romani asosida „Konotop jodugari“ spektakli uchunDecree of the President of Ukraine from 5 березня 2024 year № 143/2024 «Про присудження Національної премії України імені Тараса Шевченка» .
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar