thumb|Mariya Zankovetska „Tsvirkunka“ rolida, 1892-yil

Mariya Kostiantynivna Adasovska (; 1854-yil 4-avgust – 1934-yil 4-oktyabr), Mariya Zankovetska () taxallusi bilan mashhur boʻlgan, ukrain teatr aktrisasi edi. Baʼzi manbalarda uning tugʻilgan sanasi 1860-yil 3-avgust deb koʻrsatiladi.

1922-yilda Mariya Zankovetska Ukrainada (Ukraina SSRda) birinchi boʻlib „Ukraina xalq artisti“ unvoniga sazovor boʻlgan.

Hayoti Mariya Zankovetska kambagʻallashib qolgan yer egasi va zodagon Kostantin Adasovskiy hamda Chernigov shahri fuqarosi (meshchan) Mariya Nefedovaning oilasida tugʻilgan. U Zanki qishlogʻida (Nejin uyezdi, Chernigov guberniyasi; hozirgi Nejin tumani, Chernigov viloyati, Ukraina) dunyoga kelgan. Mariyaning koʻplab opa-singillari va aka-ukalari boʻlgan. U Chernigov shahar qizlar gimnaziyasini tamomlagan.

1876-yilda Mariya birinchi bor Nejin teatrida sahnaga chiqqan. Uning professional sahnadagi faoliyati esa 1882-yil 27-oktyabrda Yelizavetgrad shahar teatrida (hozirgi Kropivnitskiy) Marko Kropivnitskiy rahbarligida boshlangan. Uning ilk roli Ivan Kotlyarevskiyning „Natalka Poltavka“ asaridagi Natalka obrazi edi.

Keyinchalik Mariya Marko Kropivnitskiy, Mixaylo Staritskiy, Mikola Sadovskiy va Panas Saksaganskiy kabi eng mashhur va professional ukrain teatr jamoalarida ishtirok etgan. Uning sahnadagi familiyasi – Zankovetska – tugʻilgan qishlogʻi nomidan olingan.

Zankovetskaning repertuarida 30 dan ortiq rol boʻlgan. U mezzo-soprano ovoz sohibasi boʻlib, ukrain xalq qoʻshiqlarini ham kuylagan.

Zankovetska Nejin shahrida doimiy davlat teatrini ochish uchun faol harakat qilgan. 1918-yilda u „M. Zankovetska rahbarligidagi Ukraina truppasi“ xalq teatrini tashkil qilgan, u yerda Boris Romanitskiy, Andrey Rotmirov va boshqa aktyorlar bilan birga rol oʻynagan. „Natalka Poltavka“, „Getman Doroshenko“ va „Loʻli Aza“ kabi spektakllar sahnalashtirilgan.

Ukraina Getmani Pavlo Skoropadskiy 1918-yil iyun oyida Vazirlar Kengashining qarorini tasdiqlab, Zankovetskaga bir umrlik davlat pensiyasi belgilagan.

1922-yilda Ukrainada Zankovetskaning sahnadagi faoliyatining 40 yilligini tantanali ravishda nishonlangan. U Ukrainada „Respublika xalq artisti“ oliy unvoniga sazovor boʻlgan birinchi shaxs hisoblanadi.

Zankovetska 1934-yil 4-oktabrda vafot etgan. U Kiyevdagi Baykov qabristoniga dafn qilingan.

Teatr spektakllaridagi rollari

1882-yil – Natalya („Natalka Poltavka“, Ivan Kotlyarevskiy) 1882-yil – Galya („Nazar Stodolya“, Taras Shevchenko) 1882-yil – Tsvirkunka („Qora dengiz dengizchilari“, Mixaylo Staritskiy) 1883-yil – Olena („Hlitay yoki oʻrgimchak“, Marko Kropivnitskiy) 1887-yil – Xaritiyna („Qul qiz“, Ivan Karpenko-Kariy) 1889-yil – Katrya („Taqdir emas“, Mixaylo Staritskiy) 1891-yil – Aksyusha („Oʻrmon“, Aleksandr Ostrovskiy) 1892-yil – Aza („Loʻli Aza“, Mixaylo Staritskiy) Ulyana Kvitchina („Honcharivkada toʻy“) Yo („Nadiyani yoʻqotish“, Herman Heijermans) Filmografiya

1909-yil – „Natalka“ (Natalka Poltavka) 1923-yil – „Ona“ (Ostap Bandura)

Yana qarang Mariya Zankovetska muzeyi Katerina Rubchakova Mariya Zankovetska teatri

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Zankovetskaning arxiv suratlari Lev Tolstoy Mariya Zankovetskadan salfetka soʻragan. gazeta.ua. 04.08.2009 Ukraina sahnasining Melpomenasi. Triumf va tragediya. Mariya Zankovetskaning tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan. „Mirror Weekly“. № 31 (506) 7 – 13-avgust 2004. Hrono saytidagi sahifasi Sahifa

Turkum:19-asrda tugʻilganlar Turkum:1934-yilda vafot etganlar Turkum:Ukraina kino aktrisalari Turkum:Ukraina teatr aktrisalari Turkum:Sovet teatr aktrisalari Turkum:Ukraina Diskurs Teatri Turkum:19-asr ukrain aktrisalari Turkum:20-asr ukrain aktrisalari Turkum:Baykov qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Ukraina xalq artisti unvoni sohiblari Turkum:Rossiya imperiyasi aktrisalari