Qarfa (, shuningdek, Garfa yoki Kurfa) Suriya janubida joylashgan qishloq. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhofazasining Izra okrugi tarkibiga kiradi. Shimoli-gʻarbda ash-Shayx Maskin, shimoli-sharqda Izra, sharqda Maliha al-Atash, janubi-sharqda Namir, janubda Xirbet Gʻazale, janubi-gʻarbda Abtaa bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Qarfa aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Daraa Governorate. .

Tarixi Qarfa shahridagi xususiy uyning ichidan Avliyo Bacchusga bagʻishlangan cherkov haqidagi yunoncha yozuv topilgan. Xoch tasviri bilan bezatilgan tosh peshtoqdagi yozuv milodiy 589—590-yillarga oid ekanligi aniqlanganChaniotis, 2003, p. 521..

Usmoniylar davri 1596-yilgi Usmoniylar soliq roʻyxatlarida mazkur qishloq Havron qadasining (tumani) Bani Malik al-Ashraf nohiyasi (mahalliy maʼmuriy hudud) tarkibida ekani qayd etilgan. Aholisi 42 xonadon hamda 15 boʻydoqdan iborat musulmonlar boʻlgan. Qishloq aholisi qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan, jumladan bugʻdoy, arpa, yozgi ekinlar hamda echki yoki asalari uyalaridan 40 foizlik qatʼiy soliq toʻlagan. Bu soliqlarning umumiy miqdori 6451 akçeni tashkil etgan. Soliq tushumlarining 5/24 qismi vaqfga ketganHütteroth and Abdulfattah, 1977, p. 212.

1838-yilda ash-Shayx Maskindan sharqda joylashgan Nukra tumanidagi Kurfa nomli musulmon qishlogʻi deya qayd etilganSmith; in Robinson and Smith, 1841, vol 3, Second appendix, B, p. 152.

Zamonaviy davr 1962-yil 13-avgustda Qarfada al-Makayed va al-Manasser qabilalari oʻrtasidagi urugʻchilik mojarosi oqibatida besh kishi tan jarohati olgan. Toʻqnashuv eski raqobatlar natijasida yuzaga kelgan edi. Xavfsizlik kuchlari shaharchadan bir necha kishini qamoqqa oldi va jarohatlangan shaxslar kasalxonaga olib ketildiMideast Mirror. 14. Arab News Agency. (1962). Page 20..

2011-yilda boshlangan Suriya fuqarolar urushi mobaynida, 2013-yil yanvar oyi boshlarida Ozod Suriya armiyasiga mansub muxolif isyonchilar Qarfa shahridagi yoqilgʻi quyish shaxobchasiga hujum uyushtirib, yuqori martabali hukumat amaldori Rustum Gʻazalehning qarindoshini oʻldirishdiFSA kills relative of Syrian security chief in Deraa. Al Arabiya. 2013-01-05..

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Map of the town, Google Maps Cheikh Meskine-map; 21L

Turkum:Izra okrugi aholi punktlari