Al-Imtizaj masjidi () – Indoneziyaning Gʻarbiy Java viloyati, Bandung shahrida joylashgan masjid.
Tarixi Masjid qurilishi gʻoyasi Gʻarbiy Javaning sobiq gubernatori R. Nuriana tomonidan ilgari surilgan. Masjid qurilishi uchun joy sifatida sobiq Matahari universal doʻkonining binosi tanlangan. Qurilish ishlari 2008-yilda boshlanib, 2010-yilda yakunlangan. Masjidning rasmiy ochilish marosimi 2010-yil 6-avgust kuni boʻlib oʻtgan.
Arxitekturasi Masjid binosi Xitoy meʼmoriy uslubida qurilgan boʻlib, qizil, oltin va sariq ranglar bilan bezatilgan. Masjidning old tomonida 5 metr balandlikdagi anʼanaviy Xitoy darvozasi (paifang) joylashgan. Bino ikki qavatga ega boʻlib, bir vaqtning oʻzida 200 namozxonga moʻljallangan.
Yana qarang
Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Indoneziyadagi masjidlar