Aqso masjidi (urducha: مسجدِ اقصیٰ) – Hindistonning Panjob shtati, Gurdaspur tumanidagi Qodiyon shahrida joylashgan Ahmadiya harakatiga qarashli masjid.
19-asrda qurilgan bu masjid Qodiyondagi eng katta va eng qadimiy masjid hisoblanadi. U Mirzo Gʻulom Ahmadning ajdodlari yashagan uyda, „Oq minor“ yaqinida va Qodiyonning Ahmadiya mahallasida joylashgan.
Tuzilishi Aqso masjidi 20-asr davomida Ahmadiylar harakati maʼmurlari tomonidan qayta taʼmirlangan va bir necha marta kengaytirilgan. Dastlabki sigʻimi 200 namozxon boʻlgan masjid 2014-yilga kelib 15 000 tagacha namozxonni sigʻdira oladigan darajaga yetkazilgan.
Yana qarang
Hindistonda Islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati Oq minora Manbalar