Nizar Issaoui (1987-yil 30-sentyabr – 2023-yil 13-aprel) – tunislik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati Issaoui 2011-yil 24 yoshida Tunis ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi Grombalia Sports klubi bilan oʻzining birinchi shartnomasini imzolagan va klubning oliy ligaga koʻtarilishiga oʻz hissasini qoʻshgan.
2012-yilda Issaui va Grombalia Sports klubining yana bir oʻyinchisi Nosir Chabani Liga 2 oʻyini davomida politsiya xodimlariga hujum qilish, ularni haqorat qilish va jamoat tartibini buzishda ayblanishgan. Bu voqea oqibatida Issaui bir necha oy qamoqda oʻtirishga majbur boʻlgan. 2013-yilda Issaoui Tozeur klubi bilan shartnoma imzoladi. Issaoui 2013-14-yilgi mavsumda klub tarkibida 11 ta oʻyinda maydonga tushdi va beshta gol urdi. 2013-yil Club Africain, Étoile Sportive du Sahel va CA Bizertin klublari unga qiziqish bildirgan. 2014-yilda Issaoui Monastir bilan shartnoma imzolagan. Issaoui klub safida oʻn sakkizta oʻyinda maydonga tushgan, bir marta gol urgan va bir marta golli uzatma bergan. Biroq oʻsha yilning oxirida Issaoui intizomiy muammolar tufayli yoshlar akademiyasiga oʻqishga yuborilgan. 2015-yilda Issaoui Saudiya Arabistonining Al-Oroba klubi bilan shartnoma imzolagan. Shundan soʻng Issaoui Tunisning Gafsa klubi oʻtgan va u yerda yettita oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Milliy terma jamoadagi faoliyati 2014-yilda Tunisning milliy terma jamoasi Issaouiga qiziqish bildirdi. Ammo Issaoui milliy terma jamoa safida oʻynamagan. Uning aytishicha, bu uning hibsga olinishi bilan bogʻliq.
Vafoti 2023-yil 13-aprelda Issaui Tunis „politsiya davlati“ (Politsiya davlati shunday davlatni anglatadiki, unda hukumat muassasalari fuqarolik jamiyati va shaxsiy erkinliklar ustidan nihoyatda kuchli nazorat qiladi) boʻlgani sababli norozilik bildirish maqsadida oʻzini yondirib yuborgan va buning oqibatida vafot etgan. Uning dafn marosimi paytida namoyishchilar politsiyaga tosh ota boshlaganlar, politsiya esa bunga javoban koʻz yoshi gazi ishlatgan.
Shaxsiy hayoti Issaouining toʻrt nafar farzandi bor.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Tunislik erkak futbolchilar Turkum:Tunislik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar