Abul-Hasan Muhammad ibn Ahmad al-Bazdaviy an-Nasafiy (yoki al-Bazdahiy, an-Naxshabiy) (vafoti 943/945) 10-asr boshlarida ismoiliy missioneri boʻlgan ilohiyot olimi. U -yilda Somoniylar amiri Nasr II ni ismoiliylikka oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan va Somoniylar saroyida Nasr vafotigacha davom etgan ismoiliylar hukmronlik davrini boshlab bergan. Nuh I tomonidan boshlangan ismoiliylarni taʼqib qilish amalyoti davomida, qurbon boʻlgan. Ilohiyotchi sifatida u odatda neoplatonik tushunchalarni ismoiliy ilohiyotiga kiritganlar qatoriga kiradi. Uning taʼlimotlari 9—10-asrlarda Eron yerlarida tubjoy ismoilizmida hukmronlik qilgan, ammo Fotimiylar xalifaligi bilan birlashgan ismoiliy dinshunoslari tomonidan antinomiya deya qoralangan.
Al-Nasafiyning hayoti, asosan, undan keyin yashagan va asosan dushmanona ruhda yozilgan sunniy manbalari, asosan, Ibn an-Nadimning „Kitob al-Fihrist“ va Nizom al-Mulkning "Siyosatnomasi" orqali maʼlum. Bular orasida at-Saʼalibiyning shahzodalar uchun koʻzgu – "Adab al-muluk" ham boʻlib, u 1990-yilgacha nashr etilmagan. Uning nisbasidan koʻrinib turibdiki, Muhammad an-Nasafiy Nasaf yoki Naxshab (hozirgi Oʻzbekiston) yaqinidagi Bazda qishlogʻida tugʻilgan. 20-asr boshlarida Lui Massinyon va Vladimir Ivanov kabi baʼzi olimlar uning nisbasini „al-Bardaʼiy“ deya oʻqib, Bardadan kelib chiqqanligini koʻrsatishgan, ammo keyinchalik bu notoʻgʻri ekanligi isbotlangan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:943-yilda vafot etganlar Turkum:10-asr ismoiliylari Turkum:Ismoiliy daʼvatchilar Turkum:Ismoiliy ilohiyotshunoslari Turkum:Somoniylar imperiyasi vakillari Turkum:Neoplatonchilar Turkum:10-asrda Osiyo aholisi Turkum:Qashqadaryo viloyatilik kishilar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Eronlik ismoiliylar Turkum:10-asrda qatl etilganlar Turkum:Vafot etgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:10-asrda Eron aholisi Turkum:Eronlik arab tilli yozuvchilar