Sara Song (; 1985-yil 9-avgust) — teleboshlovchi, aktrisa, professional MC va goʻzallik tanlovlari gʻolibasi. U 2007-yilda „Miss Chinese International“ unvoniga sazovor boʻlgan. Shuningdek 2006-yilda „Miss Sydney Chinese“ unvonini ham qoʻlga kiritgan.
Hayoti Song Xitoyning Guanchjou shahrida tugʻilgan va 6 yoshida ota-onasi bilan Avstraliyaning Sidney shahriga koʻchib kelgan. U dastlab qizlar oʻrta maktabi, keyin esa Pymble xonimlar kollejida oʻqigan va uni 2003-yilda tamomlagan. Song Yangi Janubiy Uels universitetida bakalavr darajasini olgan. Xizmatlar marketingi boʻyicha taʼlim olgan, lekin „Miss Chinese International“ tanlovida gʻolib boʻlganidan keyin oʻqishni tashlab ketgan.
Tanlovlardagi ishtiroki Song „Miss Sidney Chinese 2006“ tanlovida 1-oʻrinni egallab, musobaqa tojini qoʻlga kiritdi. Ushbu tanlovda gʻalaba qozonganidan soʻng, u Xitoyning Foshan shahrida boʻlib oʻtgan „Miss Chinese International 2007“ tanlovida Sidney sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Song bu tanlovda ham Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahridan kelgan Ivy Lu va Kanadaning Toronto (shahridan kelgan Sherry Chenni ortda qoldirib, tanlov gʻolibasiga aylandi. U, shuningdek, Xitoy madaniyati elchisi mukofotiga ham sazovor boʻldi.
Karyerasi Song „Miss Chinese International“ tanlovida gʻolib chiqqanidan soʻng Song Gonkongdagi TVB teleradiokompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. U TVB Pearl telekanalida kundalik dolzarb masalalar boʻyicha The Scoophàngāngānghàn va Vita dasturlarida boshlovchilik qilar edi. Song TVB kanali uchun 30 dan ortiq turli dasturlarda ishtirok etgan.
Song TVB kanalida 12 yil ishlaganidan soʻng 2019-yil sentabr oyida ushbu kanalni tark etdi. Hozirgi kunda Song va uning turmush oʻrtogʻi Jeyson Chan Chi-sun 130 000 dan ortiq obunachiga ega YouTube kanaliga ega.
Filmografiyasi YilFilmRol2008-yilWhen a Dog Loves a CatCathy2010-yilTwilight InvestigationTsui Ying2010-2011-yillarLinks to TemptationCherry Dai Mei-yan2011-yilDropping By Cloud NineKatyCurse of the Royal Harem2012-yilDaddy Good DeedsXiu MuiDivas in DistressSheung Ying-hung2013-yil"Brother’s Keeper"Judy2016-yilTwo Steps From HeavenBonni2017-yilMy Ages ApartBonnie To
Manbalar
Havolalar
http://m.weibo.cn/u/1733506821.