Kira Zagorsky (1976-yil 6-iyun; Nyu-York, Amerika Qo'shma Shtatlari) — amerikalik kino va televideniye aktrisasi. U "Helix " teleserialida, „The Pastor’s Wife“ filmida va „Supernatural“ serialining sakkizinchi faslida rol ijro etgan.

Hayoti Zagorsky Nyu-York shahrida tugʻilgan va Koloradodagi kichik bir shaharchada katta boʻlgan. U maktab davrida sport va raqqosalik bilan shugʻullangan.Oʻrta maktabning oxirgi yillarida aktrisalik faoliyatini boshlagan. Maktabida suratga olinayotgan musiqiy film uchun kastingdan oʻtgan va bosh rollardan birini oʻynagan.

Zagorsky Ashlanddagi Janubiy Oregon universitetida bakalavr darajasini teatr yoʻnalishida oldi. 2006-yilda Irvindagi Kaliforniya universitetida tasviriy sanʼat magistri darajasini oldi. Zagorskiy oʻtgan yillar davomida turli xil jang sanʼatlari, jumladan kikboksing, kapoeyra hamda tayoq va qilich bilan jang qilish boʻyicha ham shugʻullangan.

Faoliyati Zagorskyning eng koʻzga koʻringan roli „Helix“ filmidagi doktor Julia Walker roli edi. U „SyFy’s Continuum“ serialining oxirgi mavsumida, shuningdek, „Stargate: Atlantis“ va „Stargate Universe SGU“, „The CW’s Supernatural“ filmlarida rollar ijro etdi. Zagorskiy 2012-yil Toronto xalqaro kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan „The ABCs of Death“ filmida bosh rolni oʻynagan.

Shaxsiy hayoti Zagorsky aktyor Patrick Sabongui bilan turmush qurgan. Ularning bir oʻgʻil va bir qizi bor.

Filmografiyasi Film YilFilmRolQoʻshimcha2004-yilPower CorpsTrishFilm2006-yilGreen SeasonAmyQisqa metrajli film2012-yilThe VesselDr. LeeThe ABCs of DeathLaineyFilmThe ClosetWomanQisqa metrajli filmChainedAthena2014-yilToxinCarla FryeFilm2015-yilVendettaJocelyn2016-yilHome InvasionVictoria KnoxVideoSidekickDr. WallsteadQisqa metrajli film2017-yilS. W. A. T.: Under SiegeSophia GutierrezFilm

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik kino aktrisalari Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari