Oleksandra Vyacheslavivna Matviychuk (; 1983-yil 8-oktyabrda tugʻilgan) — ukrainalik huquqshunos va Kiyevdagi fuqarolik jamiyati yetakchisi. Fuqarolik erkinliklarini himoya qilish markazi notijorat tashkilotiga rahbar va vatani hamda YXHT mintaqasida demokratik islohotlar tarafdori. 2022-yil oktyabr oyidan buyon Inson huquqlari boʻyicha xalqaro federatsiya (FIDH) vitse-prezidenti.
Taʼlimi Oleksandra Matviychuk Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetiga oʻqishga kirgan, oʻqishni 2007-yilda tugatib, magistratura darajasini olgan. 2017-yilda Stanford universitetining Ukraina rivojlanayotgan yetakchilar dasturida ishtirok etgan birinchi ayol .
Faoliyati Fuqarolik erkinliklarini himoya qilish markazi notijorat tashkiloti tashkil etilgach, yaʼni 2007-yilda ish boshlagan.
2012-yilda Matviychuk Ukraina milliy parlamenti (Oliy Rada) Inson huquqlari boʻyicha komissari huzuridagi Maslahat kengashi aʼzosi boʻlgan.
2013-yil 30-noyabrda Kiyevdagi Mustaqillik maydonida oʻtkazilgan tinch namoyishlar zoʻravonlik bilan bostirilganidan soʻng, ni fuqarolik tashabbusi bilan muvofiqlashtirgan. Yevromaydon SOSning maqsadi Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlarida Yevromaydon qurbonlariga huquqiy yordam koʻrsatish, shuningdek, namoyishchilarni himoya qilish uchun maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish hamda vaziyatga betaraf baho berish edi. Oʻshandan beri Matviychuk vijdon mahkumlarini ozod qilish uchun koʻplab xalqaro safarbarlik kampaniyalarini oʻtkazgan, #letmypeoplego kampaniyasi va Rossiyada, ishgʻol qilingan Qrim va Donbassda noqonuniy qamoqqa olinganlarni ozod qilish uchun #SaveOlegSentsov global aksiyasi shular jumlasidandir. BMTning turli organlariga, Yevropa Kengashiga, Yevropa Ittifoqiga, YXHTga bir qator hisobotlar va Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga bir qancha taqdimnomalar muallifi.
2021-yil 4-iyun kuni Matviychuk Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qiynoqlarga qarshi qoʻmitasiga nomzod qilib koʻrsatilgan va BMT shartnoma organiga Ukrainadan nomzod boʻlgan ilk ayol sifatida tarixga kirgan Mojarolarda ayollarga nisbatan zoʻravonlikni cheklash uchun platformada amaliy harakatlar olib borgan. thumb Qadr-qimmat inqilobidan 2022-yilgacha Donbassdagi urush paytidagi urush jinoyatlarini hujjatlashtirishga eʼtibor qaratgan. 2014-yilda AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan uchrashib, urushni tugatishga yordam berish uchun koʻproq qurol qoʻllab-quvvatlashni yoqlagan.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan soʻng, Matviychuk bir qator xalqaro ommaviy axborot vositalarida Ukraina fuqarolik jamiyatini, xususan, ichki qochqinlar bilan bogʻliq masalalar, urush jinoyatlari, shuningdek, inson huquqlari bilan bogʻliq boshqa masalalarda vakil sifatida chiqish qilgan. Foreign Policy nashriga koʻra, urush jinoyatlari va inson huquqlarining buzilishini koʻp sonli muammolar tufayli tergov qilish uchun maxsus „gibrid sud“ yaratish tarafdori boʻlgan. Matviychuk Vladimir Putin va rus askarlarini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boʻyicha maxsus tribunalda koʻrib chiqishga chaqirib, bu „Rossiya qoʻshinlari sodir etayotgan inson huquqlarining shafqatsizligi“ ga sovuq taʼsir koʻrsatishi mumkinligini aytgan.
Manbalar
Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar