Ustoz oshxonasi yoki Ustod oshxonasi () — rejissyor Anwar Rasheed tomonidan suratga olingan 2012-yilgi hind malayalam tilidagi drama filmi.
Syujeti Keralada Abdulrazzoq va Farida ismli musulmon juftlik farzand kutishmoqda. Abdulrazzoq tugʻilajak farzand oʻgʻil boʻlishni xohlaydi va bolaning ismini Fayzi deb qoʻymoqchi boʻladi. Lekin Farida qizaloq tugʻadi. Bundan soʻng Farida yana uchta qizni dunyoga keltiradi, lekin Abdulrazzoq bundan xursand boʻlmaydi. U oʻgʻli boʻlishini va unga Fayzi deb ism qoʻyishni xohlaydi. Farida yana homilador boʻladi va nihoyat oʻgʻli tugʻadi, lekin oʻzi vafot etadi.
Abdulrazzoq 5 farzandi bilan Dubayga ketadi. Kenja farzandi Fayzi opalari qoʻlida tarbiya topadi. U koʻproq oʻgʻil bolalar ishini emas, balki qizlarning yumushlarini sevib qiladigan, taom pishirishni juda ham yaxshi koʻradigan boʻlib voyaga yetadi. Uning opalari birin-ketin turmushga chiqishadi. Otasi ham ikkinchi marta turmush quradi.
Kunlardan bir kun Fayzi uchun Shveytsariyada oʻqish uchun katta imkoniyat paydo boʻladi va bundan foydalanib oshpazlik boʻyicha tahsil olib qaytadi. Qaytib kelganida otasi uni uylantirishni, unga mehmonxona ochishni reja qilganini aytadi, lekin Fayzi otasi aytganini qilmaydi. U bobosining oldiga boradi va undan oshpazlik sirlarini oʻrganishga kirishadi. Bu orada bir mehmonxonaga oshpaz boʻlib ishga kiradi.
Fayzi ishlayotgan mehmonxona bobosining oshxonasini sotib olmoqchi, u yerda mehmonxonasini kengaytirmoqchi boʻladi. Fayzi esa oshxona hodimlari va avval uchrashuvga chiqqan qizi Shahana bilan hamkorlikda bobosining oshxonasini qayta ochishadi va muvaffaqiyatga erishadilar.
Rollarda
Manbalar
Havolalar
__INDEKS__
Turkum:Hindiston filmlari Turkum:2012-yil filmlari Turkum:Dramatik filmlar Turkum:Hindiston kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar