Yekaterina Laskaridou () — Gretsiyada bolalar bogʻchasi tizimini yaratgan va qizlar maktablarida jismoniy mashqlarni joriy etgan yunon feminist va oʻqituvchisi.

Biografiyasi Laskaridouning, qizlik familyasi Kristomannos, 1842-yilda Vena shahrida Sharqiy Makedoniya yunonlarining Meleniko shahridan (hozir Bolgariyada) Konstantinos A. Kristomannos va Mariya Kazazi oilasida tugʻilgan. 1842-yildan 1855-yilgacha Vena akademiyasida oʻqituvchilar tayyorlash uchun oʻqigan. 1858-yilda bursalik badavlat savdogar Laskaris Laskaridesga uylangan. Ular asosan Afinada yashagan va 1864-yilda Laskaridou bu yerda yunon qizlar maktabiga asos solgan. 1865-yildan 1867-yilgacha Laskaridou Jon va Meri Xill memorial maktabida avval oʻqituvchi boʻlib, keyinchalik maktab direktori boʻlib ishlagan. 1867-yilda Kalliopi Kehadzi bilan Ellin qizlar maktabini tashkil etgan va u yerda 1887-yilgacha (nafaqaga chiqqunga qadar) faolityat yuritgan. 1878 va 1879-yillarda Laskaridou Germaniyada baronessa Berta von Mahrenholtz-Bulovin bilan birga tahsil olgan. U yerda Froebel usulini oʻrganib chiqqan, oʻzi bilan Gretsiyaga olib kelib, maktabgacha taʼlim va tarbiyachilarni tayyorlash faoliyatiga kiritgan. „Hellenikon Parthenagogion“ ni Froebel usulining markaziga aylantirishga harakat qilgan. Laskaridou Gretsiya xotin-qizlar ittifoqining taʼlim boʻlimi prezidenti boʻlgan va gimnastika assotsiatsiyasi bilan maktablarga birinchi gimnastika darslarini tashkil qilish uchun ish olib borgan.

Yunon-turk urushi avjida (1897-yilda) Laskaridou Afina va Pirey shahar teatrlarida kambagʻallar uchun oʻquv seminarlarini tashkil qilgan. Keyinchalik bu yerda ham kambagʻallar uchun bolalar bogʻchalari va gimnaziyalar ochgan. 1906-yilda yetarli miqdorda oʻqituvchilar tayyorlash uchun kechki maktablar ochilgan. Nihoyat, 1912-yilda Laskaridou bolalar oʻqituvchilarini tayyorlash uchun Milliy bolalar bogʻchasini va Afina Oliy qizlar maktabini tashkil etgan .

Uchta qizi: 1876-yilda tugʻilgan taniqli rassom Sofiya Laskaridou, Melpomene va 1882-yilda tugʻilgan Eirini Laskaridou. Eirini Kalliteyada Koʻrlar uyiga asos solgan va Gretsiyaga Braille usulini joriy qilgan.

Xizmatlari uchun Laskaridou Najotkor ordenining kumush xochi bilan taqdirlangan.

1916-yilda Afinada avtohalokatda vafot etgan.

Manbalar

Turkum:1916-yilda vafot etganlar Turkum:Venada tugʻilganlar Turkum:1842-yilda tugʻilganlar