Mendizorrotza yoki Mendizorroza — Ispaniyaning Vitoria-Gasteiz shahrida joylashgan futbol maydoni. Undan Deportivo Alavés jamoasi uy maydoni sifatida foydalanadi.

Tarixi 1924-yil 27-aprelda ochilgan ushbu stadion Ispaniya professional futbol ligasidagi El Molinón va Mestalya stadionlaridan keyingi uchinchi eng qadimiy futbol maydonlaridan biri sanaladi.

Mendizorroza shu kungacha bir necha marta taʼmirlangan. Ulardan eng asosiysi 1999-yilgi tomoshabinlar sigʻimini hozirgi 19,840 ga oshirish maqsadida burchaklarga qoʻshimcha tribunalar qoʻshilgandagi taʼmiri hisoblanadi.

2016-yilda klub prezidenti Josean Querejeta stadionni modernizatsiya qilish va keygaytirishni, maydon sigʻimini 28,000 ga yetkazishni eʼlon qilgan. Ispaniyadagi COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yilning iyun oyida klub loyihaning kamida 1 yilga kechiktirilganligini tasdiqlagan.

Galereya

Manbalar

Turkum:Stadionlar Turkum:Ispaniya stadionlari Turkum:Basklar mamlakatidagi futbol stadionlari