Stanislav Mixaylovich Mitin (1950-yil 5-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan, 2023-yil 11-aprelda Netaniya, Markaziy okrugda vafot etgan)— rus teatr, kino va televideniyesi rejissyori. Ssenariy muallifi va oʻqituvchi.

Hayoti 1950-yil 5-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Ijodiy yoʻli

Teatrdagi faoliyati Teatr, kino va televideniyeda rejissyori, ssenariy muallifi boʻlib ishlagan. 1980-yilda Leningrad davlat teatr, musiqa va kinematografiya institutini drama rejissyori mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tugatgan (professor, Rossiya xalq artisti Z. Ya. Korogodskiy toifasi).

Leningrad yosh tomoshabinlar teatri, Moskva yoshlar teatri, Moskva Lenin komsomol teatrilarida rejissyor boʻlib ishlagan.

Pavel Lisitsian va Zara Doluxanovaning yubiley kechalari, Moskva virtuozi ansambli va Moskva davlat filarmoniyasining 80 yilligiga bagʻishlangan yubiley kechalarining sahna rejissyori boʻlgan.

„Sir“ bit-kvarteti va „Yalla“ansamblining estrada tomoshalari rejissyori-qoʻyilgan.

Pavel Lisitsian va Zara Doluxanovaning yubiley kechalari, Moskva virtuozi ansambli va Moskva davlat filarmoniyasining 80 yilligiga bagʻishlangan yubiley kechalarining sahna rejissyori boʻlgan.

Moskvadagi "Lujniki" stadionida oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻyicha rejissyor boʻlib faoliyat olib borgan.

Televideniye Shoir Yuriy Entin bilan hamkorlikda u bolalar uchun „Chunga-Changa“ dasturini yaratishda ishtirok etgan (ORT kanali).

REN-TV kanalining ochilishida rejissyor boʻlib ish faoliyatini olib borgan (boshlovchi Eldar Ryazanov).

Badiiy va hujjatli filmlar muallifi va rejissyori. Rossiya va xalqaro badiiy va hujjatli filmlar festivallari laureati boʻlgan.

Umrining soʻnggi yillarida Stanislav Mitin Isroilda yashagan.

2023-yil 11-aprelda Netaniyada vafot etgan.

thumb| Teatrda

Manbalar

Havolalar

afisha.ru veb-saytida Theater.ru veb-saytida

Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:11-aprelda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:5-avgustda tugʻilganlar Turkum:XXI asr ssenariychilari Turkum:Rossiya ssenariychilari Turkum:SSSR ssenariychilari