Vefa Kilise masjidi () – Istanbulda joylashgan Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq sharqiy pravoslav cherkovi. Ushbu binoning Agios Teodorga (To which of the many saints bearing the name Theodore the church was dedicated is not clear. He could be either St. Theodore Tyro, (from Greek ὀ τήρων, mean. „the conscript“) or St. Theodore Stratelates („the general“). A joint dedication could also have been possible. Van Millingen (1912), p. 245Janin (1953), p. 155Mathews (1976), p. 386.) bagʻishlab bunyod etilgan boʻlishi haqida taxminlar mavjud. Vefa Kilise masjidi Konstantinopolning Komninlar va Paleologlar davri arxitekturasining eng muhim namunalaridan biri hisoblanadiVan Millingen (1912), p. 246..

Manzili Masjid Istanbul shahri, Fotih tumani, Vefa mahallasida joylashgan boʻlib, Vefa shahridagi Vizantiya meʼmorchiligi asosida yaratilgan boshqa bir inshootdan deyarli bir kilometr shimoli-gʻarbda (Kanderhane masjidi), Sulaymoniya masjididan bir necha yuz metr janubda joylashgan.

Tarixi left|thumb|300x300px| 1877-yilgi rasmda masjidning janubi-sharqiy tomondan koʻrinishi, A. G. Paspatesning Vizantiya topografik tadqiqotlaridan Konstantinopolning uchinchi tepaligi janubiy yonbagʻrida joylashgan masjidning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Masjid joylashgan hududdan V asrga oid binolar qoldiqlari topilganMamboury (1953), p. 303. Toʻrtinchi salib yurishidan keyin Konstantinopol ustidan lotinlar hukmronligi davrida binodan Rim-katolik cherkovi sifatida foydalanilgan.

Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olganidan koʻp oʻtmay, Sulton Mehmed II Fotihning ustozi, mashhur kurd olimi, shayxulislomMüller-Wiener (1977), p. 169. Molla Gürani tomonidan cherkov masjidga aylantirilgan, shuningdek, yodgorlikka uning nomi berilgan. XIX asrda turli ofatlar natijasida masjid katta zarar koʻrgan, 1833-yilgi yongʻin natijasida bino atrofi vayron boʻlgan. 1848-yilga kelib majmua qayta tiklangan. 1937-yilda bino qisman restavratsiya qilingan va bir qancha saqlanib qolingan mozaikalari topilgan. Yana bir restavratsiya 2017-yilda boshlanib, 2021-yilda yakunlangan.

Arxitektura va dekoratsiyasi right|thumb|300x300px| Mozaika qoldiqlari bilan eksonarteksning janubiy gumbazi Tarixiy ahamiyatiga qaramay masjid hech qachon tizimli ravishda oʻrganilmaganMathews (1976), p. 386.. Bino har bir tomoni toʻqqiz metr uzunlikdagi kvadrat shaklida bunyod etilganKrautheimer (1986), p. 407.. Eski Imaret masjidi kabi Konstantinopoldagi Komninlar davri meʼmorchiligining yorqin namunalaridan biri hisoblanadi.

Majmuaning gʻarbiy qismida eksonarteks, janubida ark va bir nechta ustunlarga ega ayvonThe parekklesion is a chapel leaning to the side of the church or of the narthex., shimoliy qismida esa koridor mavjud. left|thumb|300x300px| Aleksandr Van Millingen tomonidan lingan rasmida eksonarteksning tashqi koʻrinishi (Konstantinopolning Vizantiya cherkovlari, 1912) Vefa Kilise masjidi eksonarteksini yaratishda Fethiye va Kariye masjidlaridagi kabi Paleologlar meʼmorchilik arxitektura sanʼatining oʻziga xos uslublaridan foydalanilganKrautheimer (1986), p. 483..

Eksonarteks uchta gumbaz bilan oʻralgan boʻlib, ichki qismiga bir qancha bezaklar bilan ishlov berilganMathews (1976), p. 386.. Uchta gumbazning barchasiga mozaik tasvirlar tushirilgan. Cherkovning ichki qismi shu davrga qadar biror marta ham suvoqdan tozalanmagan.

Cherkovning janubiy va gʻarbiy qismida joylashgan ikkita juda katta yerosti sardobalari Vizantiya imperiyasi davrida bu yerda monastir boʻlganligiga ishora qiladiMamboury (1953), p. 303.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Over 30 pictures of the mosque

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar