Igor Semyonovich Volchok (1931-yil 4-oktabr, Moskva — 2016-yil 19-aprel, Moskva) — sovet va rus futbol murabbiyi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1972). Tugʻilgan familiyasi vaqtidagi Volchek deb yozilgan. Harbiy xizmatga borganidan soʻng hujjatlardagi chalkashliklar natijasida familiya Volchokga oʻzgartirildi. Rossiyalik taniqlik aktrisa Galina Volchek ota tarafidan qarindoshi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyati Igor professional futbolchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. U Moskva terma jamoasining sardori boʻlgan, shuningdek, Moskvaning „Torpedo“ (1950) va SSKA (1951-52) klublarining asosan oʻrinbosarlar va havaskorlar jamoalarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati Yorqin oʻtmagan futbolchilik faoliyatidan soʻng 1958-yildan oʻzini murabbiy sinashni boshladi. Murabbiylik faoliyatida Igor bilan birga ishlagan va unga yordamchilik qilgan juda koʻplab shogirdlari keyinchalik murabbiylik sohasida oʻzlarini muvaffaqiyatli isbotlaganlari bilan mashhur boʻldi: Aleksandr Averyanov, Qurbon Berdiyev, Valeriy Gazzayev, Valeriy Gladilin, Givi Nodia, Valeriy Petrakov, Yuriy Syomin, Vitaliy Shevchenko, Vladimir Shevchuk, Vladimir Eshtrekov kabi mashhur insonlar u bilan birga ishlagan va koʻplab darslar olgan edi.

Faoliyatini Ukraina jamoalarida boshlagan, bir qancha vaqt Qozogʻiston klublarida ham ishlagan edi. 1973—1978, 1983—1985-yillarda Moskvaning „Lokomotiv“ klubida, 1979—1981-yillarda „Qayrat“ klublarida bosh murabbiy vazifasida ishlagan. 1990—1991-yillar Oʻzbekiston jamoalaridan Namanganning „Navbahor“ klubi bosh murabbiyi boʻldi va jamoani tarixda ilk bor SSSR Birinchi ligasiga chiqishida muhim vazifani bajardi. Keyinchalik 2003-yilda klubga qaytib 5 yillik mavsumdan soʻng jamoani sovrindorlar qatoridan oʻrin olishini imkonini berdi va yakunda Oʻzbekiston Oliy ligasida „Navbahor“ jamoasi bronza medallari sohibi boʻldi. 2016-yil 16-aprelda Moskva shahrida vafot etdi.

Yutuqlar

RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy: 1972 MSJ kubogining ikki karra gʻolibi: 1974, 1976 O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2003 SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1974 Rossiya Ikkinchi Ligasi mintaqaviy turniri gʻolibi: 1997 SSSR ikkinchi ligasi zona turnirining bronza medali sovrindori: 1970

Manbalar

Havolalar

„Murabbiy Igor Volchok“ Igor Semenovych Volchok Transfermarkt.com saytida Igor Semenovych Volchok worldfootball.net saytida

Turkum:4-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1931-yilda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:2016-yilda vafot etganlar Turkum:20-aprelda vafot etganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Torpedo Moskva klubi futbolchilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:FC Lokomotiv Moskva murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:FC Rubin Qozon murabbiylari