Anvar Samadovich Asadullayev (1970-yil 23-fevral, Tojikiston) — sovet va tojik futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati Bolalik vaqtida Dushanbe shahridagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida taʼlim olgan. 1990-yilda Dushanbening „Pomir“ jamoasining oʻrinbosarlar safida oʻynagan. U asosiy jamoadagi ilk oʻyinini 1990-yil 22-mayda SSSR kubogi 1/16 final bosqichida „Uralmash“ jamoasiga qarshi safarda (Dushanbe jamoasi 2:3 hisobida gʻalaba qozongan) oʻtkazdi. Anvar 1991-yilgi SSSR chempionatida asosiy jamoaga jalb qilina boshladi va toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi. „Dnepr“ga qarshi safarda (2:1) oʻtgan uchravda Dushanbe jamoasi gʻalaba qozondi va Asadullayev gʻalaba golining muallifi boʻldi. 1991/1992-yilgi mavsumda Pomir jamoasi bilan SSSR-MDH kubogi yarim final bosqichiga qadar yetib borgan.

1992-yil SSSR tugatilib yangi mustaqil respubliklar oʻz musboqalarini oʻtkaza boshlagan vaqtida „Pomir“ jamoasi tarkibida Anvar Tojikiston chempionatida ishtirok etgan. Ilk bor oʻtkazilgan musoboqada Pomir jamoasi 1992-yilgi Tojikiston chempionligini qoʻlga kiritdi. 1994-yilgi mavsumda O‘zbekiston Oliy ligasi jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Anvar „Navbahor“ jamoasi tarkibida 4 mavsum davomida (1994—1997-yillar) toʻp surdi va jamoaning muvaffaqiyatlariga musnosib hissa qoʻshdi. Namanganliklar tarkibida 1995-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi, 1996-yilgi mavsumda esa O‘zbekiston chempioni unvonlarini qoʻlga kiritdi. 1998-yil mavsum avvalida Buxoroning „Buxoro“ jamoasi yoʻnalishida klubini almashtirdi. Hakim Fuzaylov boshchiligidagi Buxoro jamoasi tarkibida 2 mavsum davomida toʻp surib, 2000-yilgi mvasum avvalida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Terma jamoa Tojikiston terma jamoasi safida 1992—1999-yillar oraligʻida beshta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlar

Jamoaviy

Tojikiston chempioni: 1992 O‘zbekiston chempioni: 1996 Oʻzbekiston kubogi: 1995

Individual

Oʻzbekiston Respublikasi futbol boʻyicha sport ustasi: 1996 Futbol boʻyicha SSSR sport ustasi: 1991

Manbalar

Havolalar

FootballFacts.ru futbolchi profili

Turkum:23-fevralda tugʻilganlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari Turkum:Sportchilar