Rahimov Gʻofur Rahimovich (1929-yil 1-fevral, Andijon shahri, Oʻzbekiston SSR – 2018-yil 19-sentyabr, Toshkent shahri, Oʻzbekiston) – oʻzbek huquqshunosi, davlat va jamoat arbobi. 1985—1994-yillarda Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining oʻrinbosari boʻlgan.

Biografiyasi 1944—1947 – Andijon shahridagi „Vatan uchun“ arteli ishchisi.

1951-yilda Toshkent militsiya maktabini tamomlagan.

1959-yilda Andijon universitetining yuridik fakulteti magistraturasini tugatgan.

1951—1952 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi sotsialistik mulkni talon-toroj qilinishiga qarshi kurash boʻlimi tezkor vakili.

1952—1961 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi sotsialistik mulkni talon-toroj qilinishiga qarshi kurash boʻlimi katta tezkor vakili.

1961—1967 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi sotsialistik mulkni talon-toroj qilinishiga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi.

1967—1969 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi.

1969—1979 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1979—1983 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1983—1985 – Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi. 1983-yil 2-iyul kuni general-mayor maxsus unvoni berilgan.

1985—1991 – Oʻzbekiston SSR ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi. 1990-yil 8-iyun kuni Oʻzbekiston SSR prezidenti farmoni bilan Andijon viloyatida favqulodda holat komendanti etib tayinlangan.

1991—1993 – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – tezkor qidiruv xizmati boshligʻi. Ayni vaqtda, 1991-yil 25-avgustdan 16-sentyabrgacha ichki ishlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlgan.

1993—1994 – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi.

1994-yil 7-mayda isteʼfoga chiqqan va shu kundan boshlab umrining oxirigacha ichki ishlar vazirligi faxriylarni qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi boʻlgan.

2018-yil 19-sentyabr kuni 89 yoshida vafot etgan. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari

1969-yilda Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan medal bilan mukofotlangan.

1977-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

1981-yil 8-dekabrda „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan yurist“ faxriy unvoni berilgan.

1992-yil 28-avgustda Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan.

1994-yilda Shuhrat medali bilan mukofotlangan.

1999-yil 1-fevralda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan 2-darajali Shon-sharaf ordeni berilgan.

2004-yil 1-fevralda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligi (1996), 10 yilligi (2001), 15 yilligi (2006), 20 yilligi (2011), 25 yilligi (2016) esdalik nishonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 5 yilligi (1997), 10 yilligi (2002), 15 yilligi (2007), 20 yilligi (2012), 25 yilligi (2017) esdalik nishonlari bilan mukofotlangan.

Yana qarang Haydar Yahyoyev Neʼmatjon Ibragimov Tojiddin Jalilov Bektosh Rahimov Muxtor Sultonov Botir Parpiyev Qutbiddin Burxonov

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar