Muhammad ibn Solih ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ahmad al-Gʻazziy at-Tumurtoshiy (1626-yilda vafot etgan) — faroiz va grammatika bilan shugʻullangan olim, adib va shoir boʻlgan. Gʻizza va Qohirada taʼlim olgan. 1626-yilda vafot etgan. Asarlari „Sharhu-rrahbiya fi-l-faroiz“ („Faroiz ilmi haqidagi mufassal asarga sharh“) „Nazmu alfiya fi-n-nahv“ („Grammatikaga oid „Alfiya“ asarining nazmiy shakli“) „Risola fi tafzili-l-inson“ („Inson qadrini ulugʻlash haqidagi risola“) „Manzuma fi-l-munosaxot“ („Murakkab vaziyatdan chiqib ketish haqidagi manzuma“), shuningdek, uning sheʼrlari ham bor.
Manbalar