Muhammad ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Muhammad al-Xatib, at-Tumurtoshiy, al-Gʻazziy, al-Hanafiy — faqih, usul al-fiqh boʻyicha yetuk olim va mutakallim boʻlgan. Gʻizzada tugʻilgan va 1909-yilda (hijriy 1327-yilning rajab oyi) shu yerda vafot etgan. Asarlari „Tanviru-l-absor va jomiʼu-l-bihor va sharhuhu“ („Koʻzlarning nurlanishi va dengizlarning jamla-nishi“ va shu asarga yozilgan sharh, muallif uni „Manhu-l-Gʻaffor“, yaʼni „Gʻafforning mukofoti“ deb atagan) „Iʼonatu-l-haqir va lazzatu-l-faqir“ („Haqirning koʻmagi va faqirning lazzati“), ikkala asar ham hanafiylik mazhabidagi furuh al-fiqh haqidadir. „Al-Favoid al-murziya fi sharhi-l-qasidati-l-lomiya“ (Ilmi aqoidga oid „Sharhu-l-qasidati-l-lomiya“ haqida qoniqarli foydalar") „al-Vusul ila qavoidi-l-usul“ („Usul qoidalariga yetib borish“) „Aqdu-l-javohiri-n-nayyirot fi bayoni xasoisi-l-kiromi-l-asharati-s-siqot“ („Oʻn mukarram obroʻli zotning fazilatlarini bayon etish haqidagi ravshan javharlardan tuzilgan marjon“) „Saʼfatu-l-hukkom ala-l-ahkomi-l-mutaʼalliqa bi-l-qazot va-l-hukkom“ („Qozilar va hokimlarga tegishli hukmlarga hokimlarning koʻmagi“) „Maʼinu-l-muftiy fi javobi-l-mustafti fi-l-furuʼi-l-fiqhiya ala mazhabi Abi Hanifa“ (Abu Hanifa mazhabidagi furuʼ al-fiqhga oid masalalar boʻyicha fatvo chiqarishni soʻrab murojaat etuvchining javobi haqida muftining ishonchli manbasi").
Manbalar