Denni Koevermans (1978-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Schiedamda tugʻilgan Koevermans oʻz faoliyatini havaskot Excelsiorʼ20 bilan boshladi, keyin Sparta Rotterdamga yoʻl oldi. Klubda besh mavsum oʻynadi.

AZ 2005-yilda Koevermans AZ ga oʻtdi, jamoa saafida koʻplab gollar urgan boʻlsa-da, asosiy tarkibdan joy ola olmadi. 2006—2007-yilgi mavsum Koevermans uchun muvaffaqiyatli boʻldi. 22 gol bilan Erediviziyaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi va shunday oʻyinlari uchun 28 yoshida Gollandiya terma jamoasiga chaqirildi.

PSV Eindhoven 2007-yil avgust oyi oxirida Koevermans 6 million yevro evaziga PSV Eindhovenga qoʻshildi va Sevillaga oʻtgan hujumchi Arouna Koné kiygan 10-raqamli formani oldi.

Toronto FK 2011-yil 29-iyun kuni Koevermans Toronto FC (TFC) qoʻshildi. Koevermans Toronto safidagi debyutini 2011-yil 20-iyulda Dallasga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdiNew-Look Reds Sunk By Strike From Shea from TorontoFC.ca, Posted 20 July 2011.. Torontodagi birinchi golini uch kundan soʻng Ryan Johnsonning uzatmasidan keyin Sporting Kansas Cityga (4:2) kiritdiKansas City Doubles Toronto from TorontoFC.ca, Posted 23 July 2011..17-sentyabr kuni Colorado Rapidsga qarshi o‘yinda ikkita gol urgani uchun MLS haftaning eng yaxshi o‘yinchisiga sazovor bo‘ldi. FK Utrecht 2014-yilning 31-yanvarida Kuevermans „Utrecht“ klubi bilan 2014-yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. 2014-yil 20-mart kuni Koevermans jarohat tufayli futboldan ketishga qaror qildi.

Xalqaro faoliyati 2007-yilning 28-martida Koevermans Gollandiya terma jamoasi safida Yevro-2008 saralash doirasidagi Sloveniyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Ilk terma jamoadagi golini 2007-yilning 17-noyabrida Lyuksemburgga qarshi oʻyinda urgan.

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSparta Rotterdam2000—2001Erediviziya4010——502001—200223711——2482002—2003Eerste Erediviziya342522——36272003—2004201524——6228212004—2005292413——633630Jami11071710000012512986AZ2005—2006Erediviziya21921—522130132006—2007312222—104404728Jami52314300156617741PSV Eindhoven2007—2008Erediviziya291411—11141162008—200928810—6435122009—2010221131—7132132010—201114134—30205Jami9334860027612846Toronto FC2011MLS10800—72—17102012169100030—209201330000000—30Jami29171000102—4019FC Utrecht2013—2014Erediviziya3000——30Jami faoliyati2871532019005214186377192 Izohlar

Xalqaro +Danny Kuevermans tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2007-yil 17-noyabr De Kuip, Rotterdam, NiderlandiyaLyuksemburg 1-0 1-0 Yevro-2008 saralashi

Yutuqlari PSV Eindhoven

Erediviziya: 2007—2008 Johan Cruyff Shield: 2008-yil

Toronto FK

Kanada chempionati: 2012-yil

Manbalar

Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar