Alexander „Sasha“ Chmelevski () (1999-yil 9-iyunda tugʻilgan) — Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Salavat Yulaev Ufa" xokkey klubi safidagi amerikalik professional xokkey hujumchisi. Sasha Chmelevski 2017-yilgi NHLga kirish loyihasida „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati Sasha Chmelevski toʻrt mavsum davomida Ontario xokkey ligasida asosiy oʻyinchi sifatida oʻynadi. 2015-yilda Sasha Chmelevski „Sarnia Sting“ xokkey jamoasi tarkibiga OHL ustuvor tanlovida 10-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Sasha Chmelevski „Sarnia Sting“ klubi safida oʻynay boshladi. Lekin u birinchi mavsumining oʻrtalarida klub tomonidan „Ottawa 67’s“ xokkey klubiga almashtirildi. Sasha Chmelevski „Ottawa 67’s“ xokkey klubida uch yarim mavsum oʻynadi. 2017-yilgi NHL kirish loyihasida Sasha Chmelevski „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga 185-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi. Sasha Chmelevski 2018-yilning 3-aprelida „San Jose Sharks“ xokkey klubi bilan boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.

2018-yilda Chmelevski oʻzining professional debyut oʻyinini oʻtkazdi. Sasha Chmelevski oltita muntazam mavsum oʻyinlarida va yana toʻrtta pley-off oʻyinlarida „San Jose Sharks“ klubining Amerika xokkey ligasi filiali „San Jose Barracuda“ xokkey klubi safida oʻynadi.

Sasha Chmelevski NHLdagi ilk oʻyinin 2021-yil 5-fevralda „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:4 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi.

2021—2022-yilgi mavsumdan soʻng Sasha Chmelevski klubni tark etdi. Sasha Chmelevski erkin agenti sifatida 2022-yilning 26-iyulida Rossiyaning KHL vakili „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayoti Sasha Chmelevskining kelib chiqishi ukrainalik hisoblanadi. Uning oilasi Sasha Chmelevskining 12 yoshiligida Michigan shtatining Northville shahriga koʻchib oʻtgan edi. Ungacha Sasha Chmelevski Kaliforniyaning Anaheim shahridagi KHS Ice arenasida xokkey bilan shugʻullangan.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2014—2015Honeybaked U18HPHL10000—————2015—2016Sarnia StingOHL2998172—————2015—2016Ottawa 67’sOHL52022—————2016—2017Ottawa 67’sOHL5821224320622422017—2018Ottawa 67’sOHL6835417624514542017—2018San Jose BarracudaAHL63140411202018—2019Ottawa 67’sOHL563540753618121931102019—2020San Jose BarracudaAHL4211162722—————2020—2021San Jose SharksNHL50222—————2020—2021San Jose BarracudaAHL279112032—————2021—2022San Jose BarracudaAHL4712253723—————2021—2022San Jose SharksNHL190884—————NHL jami24010106—————

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2015 Qoʻshma Shtatlar U17 6 5 2 2 4 0 2016 Qoʻshma Shtatlar IH18 4 4 5 9 2 2019 Qoʻshma Shtatlar WJC 7 4 3 7 2 2021 Qoʻshma Shtatlar WC 8 2 2 4 27 Oʻsmirlar safida 16 10 10 20 4 Kattalar safida 8 2 2 4 27

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Amerikalik sportchilar Turkum:Amerika profissional xokkeychi