DawidIgor Kownacki (; 1997-yil 14-martda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, 2. Bundesliga klubi Fortuna Düsseldorf va Polsha terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Polshadan tashqari Italiya va Germaniya klublarida ham o'ynaganDawid Kownacki: W Fortunie odzyskałem radość z gry w piłkę laczynaspilka.pl.

Ilk faoliyati Mahalliy GKP Gorzów Wielkopolski jamoasida faoliyatini boshlagan Kownacki 2005-yilda Lech Poznańga qo'shilgan. 2013-yil dekabr oyida yosh toifadagi jamoadan asosiy jamoaga oʻtdi. O'zining birinchi Ekstraklasadagi golini 2014-yilning fevral oyida Pogoń Szczecinda qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazdi. Polshaning eng yuqori ligasida ro'yxatdan o'tgan 17 yoshgacha bo'lgan besh nafar futbolchidan biriga aylandi. Keyingi mavsumda o'zining birinchi liga chempionligini qo'lga kiritdi.

Klublardagi faoliyati

Sampdoria 2017-yilning 11-iyulida Kownacki Italiyaning "Sampdoria" klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Noyabr oyida Italiya Kubogining 4-turida Delfino Peskaraga qarshi o'yinda dubl qayd etib, bitta golga assistentlik qildi.

Fortuna Düsseldorf 2019-yilning 31-yanvarida Kownacki Germaniya Bundesligasining Fortuna Düsseldorf klubiga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berildi.

2019-yil 30-iyunda Kownacki yana sotib olish opsiyasi bilan bir ijaragga Fortunaga qo'shildi.

Lechga ijara 2022-yil 2-fevralda Kownacki ijara asosida birinchi klubi Lech Poznańga qaytdi, mavsum oxirigacha oʻynadi.

Xalqaro faoliyati Kownacki Polshanining U16, U17, U19 va U21 terma jamoalarini himoya qildi. 46 o'yinda 31 gol urgan. Birinchi marta Polsha terma jamoasiga 2015-yilning iyun oyida Gruziya va Gretsiyaga qarshi o'yinlari oldidan chaqiruv oldi.

2018-yilning may oyida Polshaning 35 kishilik dastlabki tarkibiga kiritildi va keyinchalik Rossiyada bo'lib o'tadigan JCh-2018 uchun yakuniy 23 kishidan iborat tarkibida qoldi. alt=Kownacki in 2014|thumb|295x295px| Kownacki 2014-yilda

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaLigaKubokYevropaBoshqaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarLech Poznań II2013—2014III liga63———632014—2015III liga11———112016—2017III liga11———11Jami85———85Lech Poznań2013—2014Ekstraklasa132———1322014—2015Ekstraklasa3045231—3872015—2016Ekstraklasa2464051103472016—2017Ekstraklasa27952—003211Jami9421144821011727Sampdoria2017—2018Serie A22523——2482018—2019Serie A13131——162Jami35654——4010Fortuna Düsseldorf2018—2019Bundesliga10410—–1142019—2020Bundesliga20010——2102020—20212. Bundesliga277———2772021—20222. Bundesliga7011——812022—20232. Bundesliga17621——197Jami811752——8619Lech Poznań (ijara)2021—2022Ekstraklasa14431——175Jami faoliyati232532711821026866

Xalqaro

Polsha Yil IshtirokGollar 2018 4 1 2019 2 0 2021 1 0 Jami 7 1

Terma jamoadagi gollari

2018-yil 12 iyunda bo'lib o'tgan o'yin holatiga ko'ra. Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari ro'yxatini ko'rsatadi.

T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2018-yil 12-iyun Stadion Narodowy, Varshava, Polsha 3–0 4–0 Do'stona

Yutuqlari Lech Poznań

Ekstraklasa: 2014—2015, 2021—2022 Polsha Superkubogi: 2015, 2016

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar