Hope Akpan (Talaffuzi: Hop Akpen 1991-yil 14-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi, Widnes, klubi yarim himoyachisi.
U "Everton" da yoshlar safidan o'tib, 2009-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Akpan keyinchalik Hull City(ijaraga), Crawley Town, Reading, Blackburn Rovers, Burton Albion va Bradford City klublarida o'ynagan. U 2019-yilning mart oyida Bradford City sardoriga aylandi, biroq o‘sha mavsum oxirida sardorlikdan mahrum bo‘ldi. U keyingi mavsum oxirida klubni tark etib, 2021-yilning yanvarida Finlandiyaning SJK klubi bilan shartnoma imzoladi. U 2021-yilning iyulida SJKni tark etdi. 2022-yil yanvar oyida u Angliyaga qaytib keldi va Atherton Laburnum Rovers va Widnes klublari bilan ligadan tashqari futbol o'ynadi.
Akpan Angliyada tug'ilgan va Nigeriyani xalqaro miqyosda himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati
Everton Mersisaydning Liverpool shahrida tug'ilgan Akpan o'z faoliyatini "Everton" da 8 yoshida boshlagan. U o'z yo'lini bosib o'tib, murabbiy Neil Dewsnip qo'l ostidagi akademiyaning doimiy o'yinchisiga aylandi. Akpan 2008-yilda murabbiy Andy Holden qo'l ostida klub zaxirasiga o'tdi va yil oxirigacha o'zining ilk professional shartnomasini imzoladi.
2009-10-yilgi mavsumda foydalanilmagan o'rinbosar sifatida asosiy jamoaga kiritilgane. Akpan 2009-yilning 17-dekabrida UEFA Yevropa Ligasida BATEga qarshi " Everton" safida debyut qilgan.
2011-yilning 17-martida Akpan 2010-11-yilgi mavsumning qolgan qismida Chempionshipning Hull City jamoasiga ijaraga o‘tdi. Akpan Hull Cityda debyut qilib, birinchi bo‘lim boshida Corry Evans o‘rniga maydonga tushdi. Akpan 2011-yilning 25-aprelida Queens Park Rangersga qarshi o‘yinda David Amoo darvozasiga go'l urdi. Shuningdek, u mavsumning so'nggi o'yinida, Bristol Cityga qarshi o'yinda (3:0) yana bir bor maydonga tushdi. Akpan "Hull City"da boshqa o'yinlarda qatnashmadi. Shundan so'ng u, o'zining yoshlikdagi klubiga qaytdi(Everton)
Xalqaro martaba Akpan Angliyada tug'ilgan (ota-onasi Nigeryalik). U 2013-yilda Nigeriyani xalqaro miqyosda vakillik qilish niyatida ekanligini e'lon qildi.
Akpan Nigeriya terma jamoasiga ilk chaqiruvini 2014-yilning oktyabr oyida olgan. U o'sha oyning oxirida, 2014-yilning 15-oktyabrida Afrika Millatlar Kubogi saralash bahsida debyut qilgan.
Statistika
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va go'llar statistikasiKlubMavsumLigaFA KobogiLiga KubogiBoshqaJamiBoʻlimOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarOʻyinlarGoʻllarEverton2009–10Premyer-liga00000010102010–11Premyer-liga0000000000Jami0000001010Hull City (ijara)2010–11Championship2000000020Crawley Town2011–12Ikkinchi liga2614021103322012–13Birinchi liga214203210276Jami475605320608Reading2012–13Premyer-liga90000000902013–14Championship2910010003012014–15Championship210102000240Jami591103000631Blackburn Rovers2015–16Championship3532000003732016–17Championship251202100292Jami604402100665Burton Albion2017–18Championship252102000282Bradford City2018–19Birinchi liga2822010003122019–20Ikkinchi liga193201011224Jami475402011546Umumiy faoliyat240171601444127422
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:Hull City A.F.C. futbolchilari Turkum:Crawley Town F.C. futbolchilari Turkum:Reading F.C. futbolchilari Turkum:Blackburn Rovers F.C. futbolchilari Turkum:Burton Albion F.C. futbolchilari Turkum:Bradford City A.F.C. futbolchilari Turkum:Seinäjoen Jalkapallokerho futbolchilari Turkum:Atherton Laburnum Rovers F.C. futbolchilari Turkum:Widnes F.C. futbolchilari Turkum:Sportchilar