BDA Dushanbe – Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan futbol klubi. 1996 yilda „Varzob Dushanbe“ nomi bilan tashkil etilgan jamoa 2001-yilda hozirgi nomiga oʻzgartirilgan.
Tarixi Jamoa 1996-yilda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalaridan birining boshligʻi general-mayor boʻlgan dala qoʻmondoni Suhrob Qosimov tomonidan tuzilgan.
Dastlabki 2 mavsumni klub shahar chempionatida oʻtkazgan. 1998-yilda u Tojikiston chempionatida qatnashish ariza bergan (buning uchun badal toʻlash kifoya edi). Klubga chempionatning yetakchi jamoalari „Vaxsh“, „Regar“ va „Pomir“ klublarining yetakchi futbolchilari taklif etilgan. Natijada „Varzob“ dastlabki mavsumidayoq muammosiz mamlakat chempionligini ham, kubokni ham qoʻlga kiritgan.
Jamoa keyingi 2 yil, 1999 va 2000-yillarda ham mamlakat chempioni boʻlgan. Klubning muvaffaqiyatlari asosiy sabablaridan biri, Tojikistonning eng oldi murabbiyi – Sharif Nazarov bilan bogʻliq edi.
2001-yildan keyin jamoa asta-sekin natijalar yomonlasha boshlagan. Dastlab klub oʻz nomini BDA ga oʻzgartirgan va 2005-yilgi mavsum boshida Oliy ligani ham tark etgan. Hozirda Dushanbeda, havaskorlar chempionatida ishtirok etmoqda.
History
Ichki tarix MavsumLigaTojikiston kubogiEng yaxshi toʻpurarDiv.Pos.OʻGʻDMUGOʻGOIsmLiga19981st1221750571756Gʻoliblar19991st122183183957Gʻoliblar Oraz Nazarov2720001st13427611112287 Ashurmamadov1720011st41894539263120021st5221336603742 Fuzailov2620031st8301721157395320041st53615714655652
Kontinental tarix MavsumMusoboqaBosqichJamoaUySafarUmumiy natija1999–2000Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiBirinchi davra CAG-Dinamo-MVD Bishkek4–01–15–0Ikkinchi davra Irtish0–40–10–52000–01Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiBirinchi davra Doʻstlikw/o1Ikkinchi davra Irtish1–42–33–7 1 „Doʻstlik“ Tojikistondagi fuqarolar urushi sababli Dushanbedagi dastlabki oʻyinga kelmadi. Natijada Oʻzbekiston jamoasi musobaqadan chetlashtirildi va 10 000 $ dollar jarimaga tortilgan.
Mashhur futbolchilar
Aliyor Ashurmamadov Denis Knitel Oʻroz Nazarov Suhrob Hamidov
Murabbiylar
Sharif Nazarov (1999?–01?)
Yutuqlar
Tojikiston chempioni (3): 1998, 1999, 2000. Tojikiston kubogi sohibi (2): 1998, 1999. Tojikiston kubogi finalchisi (1): 2000/01.
Manbalar
Havolalar
Varzob TOJIKISTON CHEMPIONI Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Tojikiston futbol klublari Turkum:Dushanbedagi futbol klublari Turkum:1996-yilda tashkil etilgan futbol klublari