thumb|260x260px| Venadagi Belvedere saroyi — Avstriyaning eng mashhur yodgorliklaridan biri Avstriyada turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim qismini va Avstriya yalpi ichki mahsulotining deyarli 9 foizini tashkil qiladi. Avstriyada har olti aholiga bittadan mehmonxona yotog‘i toʻgʻri keladi, shuningdek, u Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida turizmdan keladigan eng yuqori daromadga ega mamlakat hisoblanadi. 2007-yil holatiga koʻra, Avstriyada hech boʻlmaganda bir tun tunab qoluvchi sayyohlarning umumiy soni yoz va qish mavsumida bir xil boʻlib, eng yuqori koʻrsatkichlarga fevral va iyul/avgust oylarida erishiladi.

2007-yilda Avstriya xalqaro turistik tushumlar miqdori boʻyicha 18,9 milliard AQSh dollari bilan dunyo boʻyicha 9-oʻrinni egalladi. Xalqaro turistlar soni boʻyicha mamlakat 30,8 million sayyoh bilan 12-oʻrinni egallagan.

Eng koʻp tashrif buyuriladigan hududlari Vena shahri yozda ham, qishda ham sayyohlarning asosiy qismini jalb qiladi. Zalsburg yozgi mavsumda 2-oʻrinni egallagan holda Vena bilan solishtirganda kamida bir kecha tunab qoluvchi sayyohlarning taxminan beshdan bir qismiga mezbonlik qiladi. Qish mavsumida Avstriyaning gʻarbiy qismidagi bir qator qishki sport kurortlari tungi sayyohlar soni boʻyicha Zalsburgni ortda qoldirib ketadi: Sölden, Saalbach-Hinterglemm, Ischgl, St. Anton am Arlberg va Obertauern.

Avstriyaga tashriflar asosan St. Stephen soborida ibodat qilish, „Heurigen“ (sharobxona)ga borish va romantik Waltz musiqiy tadbirlarida qatnashish maqsadida Vena shahriga uyushtiriladigan sayohatlarni oʻz ichiga oladi. Boshqa tashrif buyurishga arziydigan manzillar qatoriga Mozartning tugʻilgan joyi Zalsburg, Alp togʻlari bilan oʻralgan Tirol poytaxti Insbruk, Avstriyaning eng yirik sobori va zamonaviy madaniy diqqatga sazovor joylariga ega Yuqori Avstriyaning poytaxti Lins va Vachau, Melk hamda Krems oʻrtasida joylashgan Wachau yoki Dunkelsteinerwald kabi uzumzorlarga ega Dunay vodiysini ham qoʻshish mumkin. Mamlakatning gʻarbiy qismida Vorarlberg provinsiyasi Boden koʻliga, sharqiy qismida esa Neusiedl koʻliga tutashadi. Avstriyaning eng koʻp tashrif buyuriladigan uchta diqqatga sazovor joylari Schönbrunn saroyi (yiliga 2,590,000 tashrif buyuruvchi), Schönbrunn hayvonot bogʻi (2,453,987 tashrif buyuruvchi) va Mariazell Basilica cherkovidir (1,500,000 tashrif buyuruvchi).

Sport va tabiati thumb| Vorarlberg va Tiroldagi Ski Arlberg changʻi hududi Alp togʻlaridagi Avstriyaning changʻi, piyoda sayr qilish va alpinizm kurortlari, shuningdek, oilaviy dam olish joylari (masalan, Tiroldagi Witches’s Water) katta turistik ahamiyatga ega. Shuningdek, Avstriyaning ko‘plab ko‘llari (masalan Zalsburg yoki Wörthersee sharqidagi Salzkammergut kurort hududida joylashgan Wolfgangsee va boshqa koʻllar) hamda qal’alari ham shunday ahamiyatga ega. Vorarlberg va Tirol boʻylab choʻzilgan Ski Arlberg Avstriyadagi eng katta changʻi hududi va dunyodagi eng katta beshta changʻi kurortidan biri hisoblanadi.

Sanʼat va madaniyat Media sanʼatiga qiziqqan tashrif buyuruvchilar uchun Linsda Ars Electronica markazi mavjud. 1979-yildan beri ushbu markaz Ars Electronica festivalini tashkil etadi va butun dunyo bo‘ylab media san’ati bo‘yicha eng yuqori darajali mukofot bo‘lgan Prix Ars Electronica mukofotini taqdim etadi.

Xalqaro miqyosda tanilgan yillik tadbirlar +Nom Manzil Sana Tavsif Bregenzer Festspiele Bregenz, Vorarlberg iyul/avgust Opera festivali Vena yangi yil konserti Vena 1-yanvar Klassik musiqa yoʻnalishidagi anʼanaviy konsert Internationale Gartenbaumesse Tulln Tulln, Quyi Avstriya avgust oyining oxiri Bogʻdorchilik savdo yarmarkasi, Yevropaning eng katta gullar koʻrgazmasi Vena opera bali Vena Nasroniy dinida roʻza tutishning muqaddas kuni boʻlgan chorshanba kunidan oldingi payshanba Bal Salzburg festivali Zalsburg iyul/avgust Opera festivali Donauinselfest Vena iyun oyining oxiri Dunyodagi eng katta, kirish bepul boʻlgan ochiq musiqa festivali Viennale Vena oktyabr Kino festivali Ars Electronica festivali Lins, Yuqori Avstriya sentyabr Texnologiya va yangi media sanʼatiga bagʻishlangan festival, jumladan seminarlar, muhokamalar va maʼruzalar boʻlib oʻtadi Hahnenkamm poygasi Kitzbühel, Tirol yanvar Changʻi poygasi Life Ball Vena iyun OIV va OITS haqida ogohlikka chorlovchi tadbir

Mamlakatlar boʻyicha tashriflar Avstriyaga qisqa muddatga kelgan sayyohlarning aksariyati quyidagi millat vakillaridirTourismus in Österreich 2015: No. Mamlakat 2014-yil 2015-yil 1 11,750,027 12,134,836 2 1,671,581 1,734,453 3 1,309,660 1,400,251 4 1,051,490 1,122,936 5 802,552 875,664 6 497,925 715,119 7 660,086 711,351 8 632,512 708,233 9 516,770 517,708 10 514,264 514,329 11 493,055 501,595 12 425,730 456,615 13 309,794 348,768 14 264,704 331,507 15 467,565 313,406 16 234,557 277,032 17 264,704 275,806 18 245,306 236,621 19 205,501 224,258 20 176,760 194,186 Jami xorijiy tashrif buyuruvchilar 25,291,371 26,718,945

Provinsiyalarning shiorlari

Burgenland — Avstriyaning quyoshli tomoni Karintiya — Yashash quvonchi Quyi Avstriya — Oʻzingizni tirik his eting! Yuqori Avstriya — ? Zalsburg — Dunyo sahnasi Shtiriya — Avstriyaning yashil yuragi Tirol — Alp togʻlarining yuragi Vena — Hozir. Abadiy. Vorarlberg — Tabiatdagi sheʼriyat

Manbalar

Havolalar

Avstriya milliy sayyohlik idorasining rasmiy sayti Turkum:Avstriya Turkum:Turizm Turkum:Sayohat