Philipp Bargfrede (; 1989-yil 3-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliga vakili „Werder Bremen II“ da yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati

TuS Heeslingen Bargfrede 1995-yilda 6 yoshida Heeslingen yoshlar jamoasiga qoʻshildi. Philipp jamoa bilan 2004-yilgacha qoldi.

Werder Bremen Bargfrede 2004-yilda „Werder Bremen“ yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan va 2007-yilda „Werder Bremen II“ safida debyut qildi. 2008-yilning 1-iyulida Bargfredega katta jamoa bilan shartnoma taklif qilishdi. Philipp 2009-yilning 8-avgustida Frankfurtning „Eintracht“ klubiga qarshi oʻyinda debyut oʻyinini oʻtkazdi. Werder 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Oʻyinning 74-daqiqasida Tim Borowski oʻrniga zaxiradan maydonga tushgandi. Oʻshandan beri u klub safida 150 dan ortiq oʻyinda maydonga tushdi. 2018-yil mart oyida „Werder“ Bargfrede futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin uni klubda saqlab qolish uchun shartnomani uzaytirganini eʼlon qildi.

2020-yil avgust oyida Bargfrede klubdagi 16 yillik faoliyatidan soʻng „Werder“ jamoasini tark etdi. U kelajakda klubga futbolchi boʻlmagan holda qaytishlik niyatini bildirdi. Biroq, 2020-yilning 24-oktabrida u yana bir yillik shartnoma asosida „Werder“ bilan shartnoma imzoladi va zaxiraga qoʻshildi. 2021-yil 24-aprelda u Bundesliga ligasi doirasidagi „Union Berlin“ga qarshi oʻyinda (3:1) maydonga tushdi.

Shaxsiy hayoti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1e/Philipp_Bargfrede_-_SV_Werder_Bremen_%283%29.jpg/200px-Philipp_Bargfrede_-_SV_Werder_Bremen_%283%29.jpg|right|thumb|200x200px| Bargfrede 2009-yil iyul oyida „Werder“ jamoasi bilan Philipp Bargfrede Gʻarbiy Germaniyaning Zeven shahrida tugʻilgan. Uning otasi Hans-Jürgen Bargfrede Germaniya Bundesligasining „St. Pauli“ klubida oʻynagan. Akasi Bent Bargfrede Heeslingen jamoasida toʻp suradi.

Faoliyat statistikasi

+KlubMavsumLigaDFB-PokalYevropaBoshqaJamiLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarWerder Bremen II2007—2008Regionalliga Nord40———402008—20093. Liga151———1512021—20223. Liga181———181Jami372000000372Werder Bremen2009—2010Bundesliga2305070—3502010—20112802080—3802011—201223010——2402012—201313010——1402013—201420300——2032014—201516100——1612015—201614030——1702016—201711100——1112017—201827131——3022018—201915021——1712019—202015010—101702020—20211000——10Jami2066182150102408Jami faoliyati24381821501027710

Manbalar

Havolalar Philipp Bargfrede at Werder.de

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:TuS Heeslingen futbolchilari Turkum:SV Werder Bremen futbolchilari Turkum:SV Werder Bremen II futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:3. Liga futbolchilari