Mark Isakovich Tunis (1938-yil 30-iyunda tugʻilgan) – sovet va rossiyali futbol murabbiy, sobiq professional futbolchi. Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Futbolchilik faoliyati Mark voleybol, xokkey bilan shugʻullangan, velosport boʻyicha yoshlar oʻrtasida Moskva viloyati turnirida (14 yosh) chempion boʻlgan. Shaxmat boʻyicha sport ustaligiga nomzod. Futbolchi sifatida Zaraysk sport maktabida darvozabon (1951—1954), Moskvaning „Lokomotiv“ (1954—1955), Moskvaning SKIF (1956—1959) klublarining oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati GTSOLIFK Rossiya sport universiteti bitiruvchisi (1956—1960). Murabbiylarni respublikaning chekka hududlari futboldan taʼlim berishi uchun Tojikistonga joʻnatilgan va u yerda oʻttiz yil davomida ishladi: „Irrigator“ Konibodam (1960—1963), „Kurama“ Taboshar (1964—1965), „Paxtakor“ Qoʻrgʻontepa (1965—1966-yillarda murabbiy, 1969—1970, 1978, 1982—1983-yillarda katta murabbiy), Energetik Dushanbe (1967—1968-yillarda yordamchi murabbiy), Pomir Dushanbe (1970—1975-yillarda jamoa rahbari, 1978 – 1981-yillarda katta murabbiy, 1991—1992-yillarda maslahatchi murabbiy), Termizning „Avtomobilchi“ (1976—1977-yillarda katta murabbiy), Fargʻonaning „Neftchi“ (1984-yil, katta murabbiy), 1985—1986-yillarda Orexovo-Zuyevoning „Znamya Truda“ jamoasida katta murabbiy lavozimlarida ishlagan.
1992—1994-yillarda Rossiya ikkinchi ligasida ishtirok etgan Kolomnaning „Avangard“ klubida bosh murabbiy, Rossiyaning Saturn Ramenskoye (1995—1996), Shinnik Yaroslavl (1997—1998) jamoalarida seleksioner murabbiy boʻlib ishlagan. „Ironi“ / „Makkabi-Ironi“ Shlomi / „Ironi“ Nahariyalivelib.ru/author/387084-mark-tunis (1999—2002) jamoalarida bosh murabbiy boʻlib ishlagan.
Mark Tunisning taniqli tarbiyalanuvchilari orasida Aleksey Cherednik, Edgar Gess, Rashid Rahimov, Muhsin Muhammadiyev, Aleksandr Azimov, Aleksandr Uvarov, Valeriy Sarychev borlivelib.ru/author/387084-mark-tunis.
Yevropa futzal ittifoqi rahbariyatining aʼzosi boʻlgan::Česká federace sálového fotbalu::. 2008-yildan beri Kanadaning Toronto shahrida yashaydi, Kanada fuqaroligiga ega.
„Futbol sirlari“, „Futbolchi psixologiyasi“, „Darvozabon psixologiyasi“, „Futbol faoliyatining psixologik xususiyatlari“ va boshqa kitoblar muallifi.
Manbalar
Havoalar
Mark Tunis Footballfactsru saytida
Turkum:1938-yilda tugʻilganlar Turkum:30-iyunda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:CSKA Pomir futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar